- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Ekspeditsiya xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
18
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda dala maydonlarida tunu kun birga ishlayotgan hamkasblarimiz bu safar yashil maydonda o‘zaro kuch sinashdilar. Har bir jamoa yuqori texnika, chiroyli o‘yin va haqiqiy jamoaviy birdamlikni namoyish etdi. Yosh mutaxassislar hamda tajribali geologlardan iborat tarkiblar o‘rtasidagi o‘yinlar muxlislarga hayajonli va unutilmas lahzalarni ulashdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar korxona rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

