1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“EarthDaily” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

36

Joriy yilning 7-iyul kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va Kanadaning “Earth Daily” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.




Taʼkidlash joizki, “Earth Daily” kompaniyasi yerni masofadan zondlash va geofazoviy tahlil sohasida faoliyat yuritadi. U ilg‘or sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari va maʼlumotlar tahlili asosida ekologik monitoring, xavflarni baholash va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi yechimlar taqdim etadi. Kompaniya qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslar, mudofaa va infratuzilma sohalari uchun analitik xizmatlar ko‘rsatadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar