- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Chaqmoqtosh istiqbolli maydonida geologiya qidiruv ishlari reja asosida samarali amalga oshirilmoqda
185
Joriy yilda Chaqmoqtosh istiqbolli maydonida ish hajmlari belgilangan reja asosida izchil va samarali tarzda amalga oshirilmoqda. Hududda yer osti va yer usti tog‘ lahmlarini o‘tish ishlari bilan bir qatorda burg‘ilash jarayonlari ham jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Bundan tashqari yangi yo‘llar qurish va burg‘ilash maydonlarini tayyorlash ishlari ham izchil davom etmoqda.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

Ayniqsa, Chaqmoqtosh istiqbolli maydoni Tolbuloq uchastkasiga olib boradigan yangi yo‘l qurilishi e’tiborga loyiq. Uzunligi 5 kilometrdan ziyod bo‘lgan ushbu yo‘l murakkab geologik va tabiiy sharoitlarda qurilmoqda. Qiyin sharoitlarga qaramay, yo‘l qurilishi sifatli va texnika havfsizligi qoidalariga rioya etgan holda davom ettirilmoqda.
