- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan targ‘ibot-tushuntirish ishlari o‘tkazildi
7
Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etildi.
Tadbirda mehnat muhofazasi madaniyatini oshirish, ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlar oilalaridan xabar olish va ularga moddiy yordam ajratish masalalari ham ta’kidlab o‘tildi.
