- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xiz
Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qildik. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdik.
Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha tahliliy o‘rganish natijalarini ko‘rib chiqdik. Jurnalistlar va jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilish asosiy vazifa, bu ishning sifati esa faoliyat samaradorligining bosh mezoni ekani ta’kidlandi. Muhokama yakunida takliflarni umumlashtirib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldik.
Ertaga seminarda sun’iy intellektdan oqilona va samarali foydalanish, raqamli vositalar yordamida kontent tayyorlash, axborotni tahlil qilish va kommunikatsiya jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. Maqsadimiz – axborot xizmatlarining bilim va tajribasini boyitish, jamoatchilik bilan ochiq, ishonchli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdir.
.jpg)

