1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Boysun tog‘larida istiqbolli ma’dan konlarini aniqlash ishlari davom etmoqda

20

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Surxondaryo dala ekspeditsiyasi mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysuntog‘ tizmasida joylashgan Chakchar ma’danli maydonida geologiya-qidiruv ishlari izchil olib borilmoqda.

Mazkur hududda qo‘rg‘oshin, rux hamda boshqa foydali qazilmalarning istiqbolli zaxiralarini aniqlash va baholash maqsadida keng ko‘lamli geologik tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda geologlar tomonidan geologik marshrut kuzatuvlari o‘tkazilib, yer usti tog‘ o‘tish (kanava) ishlari bajarilmoqda.

Olib borilayotgan izlanishlar hududning geologik tuzilishini chuqur o‘rganish, ma’danlashuv zonalarini aniqlashtirish hamda istiqbolli uchastkalarning mineral resurs salohiyatini baholashga xizmat qiladi. Tadqiqotlar natijasida olingan geologik ma'lumotlar kelgusidagi qidiruv va baholash ishlarining samaradorligini oshirishga, shuningdek, mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlashga muhim hissa qo‘shadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar