1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Bolalarning yozgi ta'tili mazmunli o'tkazilmoqda

17

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ ishchi-xodimlarining farzandlari uchun yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda. Ayni kunlarda ular yozgi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yuborilmoqda. Unda bolalar oromgohda sogʻlomlashtirish, madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlarda faol ishtirok etib, yozgi taʼtillarini mazmunli oʻtkazishadi.


Mazkur tashabbus xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bolalarning salomatligini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlarning ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar