1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Bo‘lajak mutaxassislar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

23

Toshkent davlat texnika universitetining Geologiya qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti 4-bosqich talabalari hamda Angren shahar 1-son texnikumining “Foydali qazilmalarni boyitish” yo‘nalishi 2-kurs talabalari Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida malakaviy amaliyot o‘tamoqda.

Amaliyot jarayonida talabalar “Sharqiy Qurama” dala ekspeditsiyasiga qarashli Shimoliy-G‘arbiy uchastkadagi 19-sonli shtolnya faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga geologik qidiruv ishlari, yer osti kon lahimlarida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari hamda foydali qazilmalarni o‘rganish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanib, mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi bo‘yicha belgilangan yo‘riqnomalar bilan tanishtirildi.

Mazkur amaliyot yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar