- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Bitiruvchi talabalar uchun amaliyot jarayoni tashkil etilmoqda
23
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida texnika universitetining 4-kurs bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda rahbariyat, mas’ul xodimlar va talaba hamda ustozlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda talabalar uchun tashkil etiladigan 2 haftalik amaliyot jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashi va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishi alohida ta’kidlandi. Amaliyotchilar yotoq joylari bilan to‘liq ta’minlanishi ma’lum qilindi.
.jpg)
.jpg)
Talabalar 3 guruhga bo‘linib, Olmaliq, Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyalari hamda Chodak uchastkasiga biriktirildi. Shuningdek, ularga mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha zarur yo‘riqnomalar berildi.
