- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“Bir jamoa – bir maqsad” fotochellenji tashkil etildi
17
30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda xodimlar o‘rtasida birdamlik, hamjihatlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida “Bir jamoa – bir maqsad” fotochellenji tashkil etildi.
Mazkur chellenj doirasida jamiyat xodimlari jamoaviy suratga tushib, o‘zaro do‘stlik, ahillik va yagona maqsad sari birlashgan jamoa ekanliklarini namoyon etdilar.
Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tashabbus jamoada ijobiy muhitni shakllantirish, xodimlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro hurmat tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Bir jamoa – bir maqsad” fotochellenji orqali “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ jamoasi do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik qadriyatlarini aks ettirmoqda.





