1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Ayollarga hurmat va ehtirom

17

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy apparatida faoliyat olib borayotgan ayollarni qutlash maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida jamiyat rahbariyati tomonidan sohada samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarning fidoyiligi, mas’uliyati va jamoadagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan rahbariyat vakillari ayollar nafaqat oila qo‘rg‘onining tayanchi, balki jamiyat taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayonlarining muhim ishtirokchilari ekanini ta’kidlab, ularning mehnati va tashabbuslari tashkilot rivojiga munosib hissa qo‘shayotganini qayd etdilar. Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish doimo ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelayotgani alohida qayd etildi.

Bayram munosabati bilan Markaziy apparatda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda xotin-qizlarga hurmat va ehtirom yana bir bor namoyon etildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar