1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv bo‘yicha o'quv seminar tashkil etildi

5

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJda xodimlari uchun ISSBning IFRS S1 va IFRS S2 standartlari asosida barqaror rivojlanish hisobotlarini tayyorlash, shuningdek ESG-xatarlarini boshqarish va monitoring qilish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar xalqaro standartlarning asosiy talablari, ESGning muhim omillarini aniqlash, iqlimga oid ma’lumotlarni oshkor etish, ESG ma’lumotlarini yig‘ish va nazorat qilish, Scope 1 va Scope 2 emissiyalarini hisobga olish hamda ESG-xatarlarini korporativ boshqaruv tizimiga integratsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Mazkur o‘quv seminari xodimlarning bilim va malakalarini oshirishga xizmat qiladi hamda kompaniyada barqaror rivojlanish tizimini takomillashtirish, shaffoflikni kuchaytirish va xalqaro standartlar asosida hisobotlarni tayyorlash yo‘nalishidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar