1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

AQSHning Geologiya xizmati (USGS) mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

19

2026-yil 13-iyul kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Geologiya xizmati (USGS) mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida muhim mineral xomashyo yo‘nalishida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazilib, litiy, volfram, mis, nikel, kobalt, titan, kamyob yer elementlari, grafit va boshqa istiqbolli kon maydonlaridagi loyihalar muhokama qilindi.



Tomonlar rudani kompleks o‘zlashtirish jarayonida uchrayotgan texnologik muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekistonning istiqbolli hududlarida geologiya qidiruv ishlarini hamkorlikda olib borish hamda zamonaviy geologik texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida geologiya qidiruv sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va tajriba almashishni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar