- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Angren shahar hokimi amaliyotchi talabalar bilan uchrashdi
Angren shahar hokimi Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning amaliy faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
.jpg)

Dastlab hokim talabalarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot olib borayotgan jarayonlar va amaliy mashg‘ulotlarning borishi bilan tanishdi. Talabalar bilan samimiy muloqot davomida ularning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashi, sohaga bo‘lgan qiziqishi va kelgusidagi rejalari haqida suhbat olib borildi.
.jpg)
.jpg)
Shundan so‘ng geologiya-qidiruv sohasi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda amaliyot faoliyatiga oid videolavhalar namoyish etildi. Uchrashuv davomida amaliyotchi talabalar o‘z fikr-mulohazalari, takliflari va mavjud muammolari bilan o‘rtoqlashdi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli fikr va tavsiyalar berildi.
