1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Analitik laboratoriyalar majmuasida Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

14

2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Analitik laboratoriyalar majmuasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Davlat gerbining yaratilish tarixi, undagi ramzlarning mazmun-mohiyati hamda uning mamlakatimiz hayotidagi ahamiyati haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, Davlat gerbi xalqimizning milliy qadriyatlari, suvereniteti va ezgu intilishlarini ifodalovchi muqaddas davlat ramzidir.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va yurt ravnaqiga daxldorlik tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan fikrlar bildirildi. Tadbir xodimlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, davlat ramzlariga hurmatni kuchaytirish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar