- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI O‘TKAZILMOQDA
14
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida 19–26-oktabr kunlari “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Toshkent viloyati FVB bilan hamkorlikda xodimlarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, xavfsiz joyga evakuatsiya qilish hamda favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi.


Mazkur tadbirlar xodimlarning zilzilaga tayyorgarligini oshirish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
