- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
34
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shahrisabz shahar hududiy bo‘linmasi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazilib, unda ekspeditsiyaning muhandis-texnik va ishchi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida zilzila vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir xodimlarning zilzilaga tayyorgarligini oshirish va xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
