1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

123

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga muvofiq aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida ro‘yxatga olish jarayonining maqsad va vazifalari, uni o‘tkazish tartibi hamda amaliy jihatlari atroflicha tushuntirildi. Ishtirokchilarga statistik ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, belgilangan muddatgacha to‘ldirish zarurligi, so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda belgilangan talablarga qat’iy rioya etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘quv seminari xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar