- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
"Afsona" oromgohida quvonch va yutuqlarga boy yozgi ta'til
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi hamda uning tarkibidagi ekspeditsiyalar ishchi-xodimlarining farzandlari "O‘zbek geologiya qidiruv" aksiyadorlik jamiyati Kasaba uyushmasi tomonidan yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent viloyatidagi "Afsona" bolalar dam olish oromgohida maroqli hordiq chiqarmoqda.
Oromgohda bolalar uchun turli sport musobaqalari, intellektual va ko‘ngilochar o‘yinlar hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarda Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi hamda uning tarkibidagi ekspeditsiyalar ishchi-xodimlarining farzandlari faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.
Musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan bolalar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, tashakkurnomalar bilan taqdirlanmoqda. Bu kabi ezgu tashabbuslar yosh avlodning mazmunli hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi hamda yozgi ta'tilni unutilmas taassurotlarga boy o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.

.jpg)
.jpg)
