1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

«ADOLAT» VA GEOLOGLAR HAMKORLIGIGA DASTLABKI QADAM

13

Aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ish olib borish maqsadida O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi hamda «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Hujjat ikki tomon hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish geologiya-qidiruv sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda xodimlarining ijtimoiy-huquqiy ongini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy maqsadi — davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.

Bu borada jamiyat faoliyatini raqamlashtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada sohada halollik, adolat va hisobdorlik tamoyillarini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Memorandum O‘zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi hamda “Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonunlar, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari asosida ishlab chiqildi.


Hamkorlik doirasida soha xodimlarining mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va malakali kadrlarni rag‘batlantirish ham muhim vazifalar qatoriga kiritildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar