1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

9-aprel — Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan Shahrisabzga ziyorat tashkil etildi

9

9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan Hisor markaziy qeologiya qidiruv ekspeditsiya xodimlari ishtirokida Shahrisabz shahriga ma’naviy-ma’rifiy tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Sohibqiron tavallud topgan muqaddas maskan — Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildilar. Ziyorat jarayonida Amir Temurning boy tarixiy merosi, ulkan bunyodkorlik ishlari hamda davlat boshqaruvidagi yuksak tajribasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Hisor markaziy qeologiya qidiruv ekspeditsiya jamoasi o‘rtasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ajdodlar merosiga hurmat ruhini mustahkamlashga qaratilgan mazmunli suhbatlar tashkil etildi.

Mazkur tashrif xodimlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Ajdodlar merosi — kelajagimiz poydevori!

Bo‘lishish

Foydali havolalar