- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
21
Aziz va tashabbuskor yoshlar!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan, innovatsiya va bunyodkorlik yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning eng faol ishtirokchilari aynan sizlarsiz. Sizning bilimga chanqoqligingiz, mehnatsevarligingiz, yuksak maqsadlar sari intilishingiz va Vatanga sadoqatingiz mamlakatimizning porloq kelajagi uchun mustahkam poydevordir.
Har biringizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, yangi yutuqlar, ulkan marralar va barcha ezgu orzu-intilishlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Kelajakka ishonch bilan odimlab, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida doimo muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
