1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Korrupsiyaga qarshi kurshish bo'limi

Korrupsiyaga qarshi kurshish bo'limi

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi ishonch telefoni: +998 95 505-99-00

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i: Saidaxborov Dodoxon Ansabxon o‘g‘li

Telefon:+998 98 337-33-32

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limining asosiy maqsadi, vazifa va funktsiyalari

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limining asosiy maqsadi aksiyadorlik jamiyatida, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida (bundan buyon matnda aksiyadorlik jamiyati tizimi deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, aksiyadorlik jamiyati tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, aksiyadorlik jamiyati tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.

Quyidagilar Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari hisoblanadi:

aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;

aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va aksiyadorlik jamiyatilari bilan hamkorlikni olib borish.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

  1. a) aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:

aksiyadorlik jamiyati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun aksiyadorlik jamiyati rahbariga kiritadi;

aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini aksiyadorlik jamiyati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazaridan baholaydi va xulosalar beradi;

aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Аgentlikka kiritib boradi.

  1. b) aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratadi;

aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘playdi;

maxsus axborot aloqa kanallari orqali aksiyadorlik jamiyati xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

aksiyadorlik jamiyatida yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;

davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;

aksiyadorlik jamiyati xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;

korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni aksiyadorlik jamiyati xodimlariga yetkazadi;

aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatida korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi;

har chorakda va aksiyadorlik jamiyati rahbari talabiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida aksiyadorlik jamiyati birinchi rahbariga ma’lumot kiritib boradi;

  1. v) aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish sohasida:

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi;

aksiyadorlik jamiyati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini ta’minlaydi;

aksiyadorlik jamiyati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

aksiyadorlik jamiyati xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqadi;

o‘quv rejaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatining barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglarning o‘tkazilishini hamda ularda xodimlarning ishtirok etishini nazorat qiladi;

aksiyadorlik jamiyati tizimi xodimlari va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi;

aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan ma’lumotlarni yangilanib borilishini ta’minlaydi;

aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;

aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;

odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi;

amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul tuzilma (shaxs)lar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferentsiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

aksiyadorlik jamiyati faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi;

  1. g) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va aksiyadorlik jamiyatilari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

qonunchilik hujjatlari bilan aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuboradi va ularning so‘rovlariga javob berishda ishtirok etadi;

aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi.

3.4. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga va ularning xodimlariga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funktsiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limining huquq va majburiyatlari

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

o‘zi faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyati xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni olish;

xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida aksiyadorlik jamiyati xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish;

aksiyadorlik jamiyati tizimi xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

o‘z faoliyati doirasida aksiyadorlik jamiyati tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;

aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga oid majlislarida ishtirok etish;

tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi majburiyatlarga ega:

ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funktsiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;

qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

aksiyadorlik jamiyati tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organ, Аgentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga ma’lumotnomalar kiritish;

har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining birinchi o‘n kunligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar to‘g‘risidagi choraklik hisobotni yuqori turuvchi boshqarmaga taqdim etish.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi xodimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga mo‘ljallangan o‘quv kurslari yoki maxsus seminar-treninglarda ishtirok etadi. O‘quv kurslari yoki maxsus seminar-treninglar aksiyadorlik jamiyati yoxud Аgentlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi faoliyatining natijadorligi aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorlik va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish natijalariga asosan baholanadi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari aksiyadorlik jamiyatining birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish ustidan nazorat Аgentlik tomonidan amalga oshiriladi.

 

Foydali havolalar