- Asosiy
- Ijro apparati
- Ishlarni boshqarish bo'limi
Ishlarni boshqarish bo'limi
Ishlarni boshqarish bo'lim boshlig'i:
Madjitov Abdugafur Abdujalilovich
Ishlarni boshqarish bo'limining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari
Ishlar boshqarmasi quyidagi asosiy funksiyalarga ega:
Kiruvchi yozishmalarni qabul qilish , ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash, hisobga olish, Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalariga yetkazib berish va jo‘natish;
Hujjatlarni aniq va tez kelishini ta‘minlash;
Buyruqlarni (xodimalarga uchun buyruqlar bundan mustasno), ko‘rsatmalarni Jamiyat boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomalarini rasmiylashtirish, ushbu hujjatlarni ko‘paytirish va tarqatishni tashkil etish;
Boshqaruv apparati qarorlarini , o‘z qarorlarinin bajarish maqsadida jamiyat tomonidan qabul qilingan hujjatlarning sifatli tayyorlanishini, jamiyatning buyruqlari, ko‘rsatmalari va boshqa hujjatlarini jamiyat bo‘limlariga yetkazishni ta‘minlash;
Jamiyatning hujjatli materiallaridan to‘ldirilgan hujjatlardan foydalanish. Hujjatlarni Davlat Arxiviga topshirishga tayyorlash;
Ish yuritish bo‘yicha qoidalar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar loyixalarini ishlab chiqish, ish yuritishning eng ilg‘or usullarini joriy etish, jamiyat hodimlariga ko‘rsatma va uslubiy yordam berish, ish yuritishni nazorat qilish va tekshirish, ish yuritishda ishlarning saqlanishi va to‘g‘ri shakllanishini nazorat qilish. Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari, apparat hodimlarining ishbilarmonlik malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish.
Iqtisodiy masalalar sohasida:
Barcha iqtisodiy masalalarni to‘liq, o‘z vaqtida, sifatli hal qilish. Jamiyat apparati bo’linmalari tomonidan mebel, maishiy texnika, muhandislik va boshqaruv ishlarini mexanizatsiyalash vositalari bilan ta‘minlash, xavfsizlikni nazorat qilish;
Orgtexnika, nusxa ko‘chirish uskunalarini ta‘mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnomalar tuzish, binolarni, muhandislik jihozlarini ta‘mirlish va kompaniya hodimlari uchun zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan boshqa chora tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur materiallarni rasmiylashtirishni tashkil etish. Korxona apparati bo’linmalari uchun nusxa ko‘chirish va nusxa ko‘chirish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta‘minlash;
Konselariya buyumlari zarur maishiy materiallar, asbob – uskunalarni va inventarlarni qabul qilish va saqlash, ularni apparat bo’limlariga taqdim etish, hisob yuritish va ularning sarflanishi to‘g‘risida hisobot berish;
Jamiyatda o’tkaziladigan hay’at yig’ilishlari va konferensiyalarga xo‘jalik xizmatini tashkil etish. Jamiyat apparatining bino va inshoatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, binolar va jamiyat hududida yong’in xavfsizligi va energiya xavfsizligini ta’minlash, ularni tegishli sanitariya holatida saqlash;
Xizmat ko’rsatuvchi hodimlar orasidan hodimla uchun xavfsiz mexnat sharoitlarini yaratish;
Jamiyat apparatining smeta va iqtisodiy xarajatlarini tuzishda ishtirok etish.
Ishlar boshqarmasi vazifalari
Jamiyat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini nazorat qilish sohasida:
“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining tizimida ish yuritishni takomillashtirish;
Boshqaruv raisi nomiga kelib tushgann hujjatlar bilan sifatli va samarali ishlashni ta’minlash;
Boshqaruv raisi nomidan jamiyat hodimlari, ekspeditsiyalardan har xil turdagi ma‘lumotlarni yig‘ish;
Jamiyat tizimidagi ekspeditsiyalarning taklifiga binoan Toshkent shaxriga kelgan xorijlik mutaxassislarning uchrashuvlarini, joylashtirish va madaniy hordiq chiqarishni tashkil etish;
Xo‘jalik masalalari bo‘yicha:
Jamiyat apparati xodimlari uchun nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.