1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Geomonitoring bo‘limi

Geomonitoring bo‘limi

Geomonitoring bo‘lim boshlig'i: Pulatov Elbek Ganisherovich

Geomonitoring
bo'limining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari:

yer ka'ri uchastkasida geologik jihatdan o'rganish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik ta'minoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etilganligini o'rganish;

geologik qidiruv ishlarini olib borilishining ketma-ketligini va tegishli ma'lumotlarning o'z vaqtida hamda sifatli yuritilishini nazorat qilish;

yer qa'rini geologik o'rganish ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik topshiriqlar va loyihalarning belgilangan

me'yorlar va qoidalarga muvofiqligini tekshirish;mineral xomashyoni geologik o'rganish va qayta ishlashda yer qa'ridan foydalanish va muhofaza qilish, sanoat va tajriba-sanoat yo'sinida ishga solish uchun berilgan konlarda kon ishlarining marksheyderlik va geologik ta'minlanishi holatini nazorat qilish;

yer qa'rini geologik o'rganish ishlarida ajratilgan moliyaviy mablag'lardan oqilona foydalanganligini nazorat qilish;

laboratoriya-tahliliy tadqiqotlar sifatini o'rganish;

tarkibiy ekspeditsiyalar tomonidan bajarilgan izlash, qidirish va baholash ishlarining dala materiallarini qabul qilish va nazoratini olib borish;

yer qa'rini keyinchalik o'rganishda foydalanilishi mumkin bo'lgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlar, tog' jinslari va rudalar, kern, foydali qazilmalar namunalarining dublikatlari saqlanishini ta'minlanganligini nazorat qilish;

tegishli qoida va yo'riqnomalar talablarining bajarilish holatini nazorat qilish;

muhandis-texnik xodimlar va ishchilarning belgilangan tartibda o'qitilishi va bilimlarni davriy tekshiruvini tashkil etilganligi hamda soha bo'yicha javobgar shaxslarning tayinlanganligini tekshirish hamda yer qa'rini geologik o'rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish me'yorlari va qoidalari to'g'risidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish;

hamda, vakolat doirasidagi boshqa masalalar.

Foydali havolalar