- Asosiy
- Ijro apparati
- Xaridlar boshqarmasi
Xaridlar boshqarmasi
Xaridlar boshqarmasi boshlig'i: Ismailov Ziyovuddin Baxtiyarovich
Xaridlar boshqarmasining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari
Jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yuqori samarali geologik asbob-uskunalar, ixtisoslashtirilgan ilg‘or texnika, tovar-moddiy boyliklar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni amalga oshirish;
Jamiyatda belgilangan tartibda va komplaens choralariga rioya qilgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish bo‘yicha xarid tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish;
Taqdim etilgan talabnomalar asosida jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish rejalarini shakllantirishda, shuningdek asbob-uskunalar, texnika va Tovar-moddiy boyliklarini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining miqdorini hisoblashda ishtirok etish;
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) potensial yetkazib beruvchilarni topish, narxlarni aniqlash va xaridlarni optimallashtirish uchun bozor kon’yukturasini o‘rganish va tahlil qilish;
Iste’mol xususiyatlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va iste’molchilar talabi va bozor kon’yukturasini prognoz qilish asosida jamiyatning marketing siyosatini amalga oshirish;
Tuzilgan shartnomalar, ularni moliyalashtirish va tovarlarni Markaziy omborga haqiqatda yetkazib berish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish;
Departament vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarida farmoyish va me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
Yuklatilgan funksiyalarga muvofiq Xaridlar boshqarmasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Xaridlar bo‘yicha Departament tomonidan belgilangan umumiy maqsad va vazifalar doirasida, shuningdek xaridlar bo‘yicha direktor va xaridlar boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmalari asosida bo‘lim faoliyatining umumiy yo‘nalishlarini belgilaydi hamda bo‘lim faoliyati natijalari uchun to‘liq javobgar bo‘ladi;
Bozorni o‘rganish jarayonini boshqaradi, bozorni o‘rganish, talabni prognoz qilish, mahsulotni sotish uslublari va usullarini belgilaydi;
Ayrim tovarlarning hayotiy siklini o‘rganish jarayonini boshqaradi, ularni takomillashtirish, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning yangi bozorlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Potensial yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va umumlashtirish bo‘yicha ishlarni doimiy o‘tkazish uchun asbob-uskunalar va materiallar bo‘yicha tijorat takliflarini olish yuzasidan ishlar olib boradi;
Savdolarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatli materiallarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, shuningdek ularni vakolatli organga kelishish uchun taqdim etish maqsadida texnik topshiriqlarni tayyorlash ishlarida qatnashadi;
Texnika va uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar natijalariga ko‘ra, u kelib tushuvchi xat-xabarlarni qayta ishlaydi, javob xatlari va zarur hujjatli materiallarni tayyorlaydi;
Xaridlar boshqarmasi boshlig‘iga sotib olinayotgan uskunalar uchun yetkazib beruvchilarning takliflarini tahlil qiladi, tizimlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi va har oy amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risidagi hisobot va axborot hujjatlarini umumlashtiradi;
Xaridlar departamenti rahbariyatining talabiga binoan va Xaridlar boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha ma’lumotnomalar, ma’lumotlar va boshqa materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va taqdim etadi;
Yuqori turuvchi rahbarlarning topshiriqlari va kundalik faoliyatning puxta o‘rganilgan masalalari ijrosini nazorat qiladi, o‘z ishini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqadi;
Xaridlar departamentining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlik qilish va tegishli ma’lumotlarni o‘zaro almashish bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etadi;
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xarid tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishni amalga oshiradi;
Amaldagi qonunchilik doirasida ichki va tashqi bozorlarda rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun yetkazib beruvchilarni faol qidirishni tashkil etadi;
Potensial yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va umumlashtirish bo‘yicha doimiy ish olib boradi;
Jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun texnika, asbob-uskunalar va tovar-moddiy boyliklarni sotib olish bo‘yicha shartnomalar va kontraktlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi;
Rasmiylashtirilgan shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish masalalarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;
Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda yetkazib beruvchilarga da’volarni tayyorlashda ishtirok etadi, ushbu da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
Tuzilgan shartnomalarga (kontraktlarga) o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qo‘shimcha bitimlar va boshqa hujjatli materiallarni tayyorlaydi;
Savdolarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatli materiallarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Vakolatli organga kelishish maqsadida taqdim etish uchun texnik topshiriqlarni tayyorlash bo‘yicha ishlarda qatnashadi;
Belgilangan tartibda elektron platforma orqali texnika, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Texnika va uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar natijalariga ko‘ra, u kelib tushuvchi xat-xabarlarni qayta ishlaydi, javob xatlari va zarur hujjatli materiallarni tayyorlaydi;
Xaridlar boshqarmasi boshlig‘iga sotib olinayotgan uskunalar uchun yetkazib beruvchilarning takliflarini tahlil qiladi, tizimlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
Xaridlar departamenti rahbariyatining talabiga binoan va Xaridlar boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha ma’lumotnomalar, ma’lumotlar va boshqa materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va taqdim etadi;
Har oy xaridlar to‘g‘risidagi hisobot va axborot hujjatlarini umumlashtiradi;
Yuqori turuvchi rahbarlarning topshiriqlari va kundalik faoliyatning puxta o‘rganilgan masalalari ijrosini nazorat qiladi, o‘z ishini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqadi;
Yuqori turuvchi rahbarlarning alohida (yozma yoki og‘zaki) vazifalari va topshiriqlarini o‘z vaqtida, aniq va samarali bajaradi;
Xaridlar departamentining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlik qilish va tegishli ma’lumotlarni o‘zaro almashish bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etadi;
Davlat xaridlarini amalga oshirish va bir martalik buyurtmalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni olib borishning barcha masalalari bo‘yicha ma’lumotnoma ma’lumotlarini yuritadi va egalik qiladi.