1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Geologiya bo‘limi

Geologiya bo‘limi

Geologiya bo'lim boshlig'i: Yarkulov Sherkuzi Ziyadullayevich

Geologiya bo‘limining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari 

 "O‘zbek geologiya qidiruv" AJ faoliyati doirasida respublika barcha hududida regional tadqiqotlarni tahlil qilish, rejalashtirish va metodik qo‘llab quvvatlashni amalga oshirish;

regional tadqiqotlar yo‘nalishida, mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha yillik, o‘rta va uzoq muddatli Davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishida uslubiy yordam ko‘rsatish. Ishlab chiqilgan maʼlumotlarni boshqarma boshlig‘iga taqdim qilish;

regional geologik tadqiqotlarni rejalashtirish, ushbu ishlar natijasida hududda mavjud foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni geologik belgilar va o‘tkazilgan regional geologik tadqiqotlar asosida bashoratli belgilash; qimmatbaho, rangli, noyob, qora metalllarning bashorat resurslari va noruda foydali qazilmalarning zaxiralari va resurslarini hisoblash, keyinchalik ularga istiqbolli maydonlari ko‘paytirish strategiyasi bo‘yicha talkliflarni ishlab chiqish va boshqarma boshlig‘iga taqdim etish;

yer qarini geofizik va geologik o‘rganish, ruda va noruda foydali qazilmalar uchun istiqbolli maydonlar ajratish bo‘yicha ishlarni olib borilishi ustidan uslubiy nazorat qilish;

tasdiqlangan jadvalga muvofiq geologik topshiriqlar, loyihalar va hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;

foydali qazilma zaxiralari va bashoratli resurslarini o‘ stirish hamda davlat buyurtmalarining jamlanma loyihalarini tayyorlash;  

foydali qazilma zaxiralari va bashoratli resurslarini har chorak va yillik tezkor o‘ stirilishini ko‘rib chiqish;

xorijiy kompaniyalar bilan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatish hamda istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

geologiya qidiruv ishlarining har chorak va yillik axborot hisobotlarini umumlashtirish va rahbariyatga taqdim qilish uchun tayyorlash; hisobot va loyihalarni Ilmiy-texnik kengash va Ilmiy-tahririy kengashlar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish;

tarkibiy ekspeditsiyalar tomonidan bajarilgan tasvirlash izlash, baholash va qidirish ishlarining dala materiallarini qabul qilish va ularni amalga oshirilishini uslubiy nazorat qilish;

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi kengashi yig‘ilishlarida ishtiqoq etish, hisobot va loyihalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Ilmiy texnik kengash va Ilmiy-tahririy kengash yig‘ ilishlarida qatnashish;

-bo‘lim vakolatiga Kiruvchi yo‘nalish bo‘yicha xulosa, hisobotlar, maʼlumotlar, xatlarni tayyorlash va loyihalarni ko‘rib chiqish, yo‘nalish bo‘yicha buyruq va farmoyishlarni bajarish;

rejim va xavfsizlikka oid meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlash.

Foydali havolalar