- Asosiy
- Ijro apparati
- Geofizika bo‘limi
Geofizika bo‘limi
Geofizika bo'lim boshlig'i: Nazarov Jasurbek Ablakulovich
Geofizika bo'limining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari
yer usti geofizik va quduqlarda geofizik tadqiqot ishlarini rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha yillik, o‘rta va uzoq muddatli Davlat dasturlarini ishlab chiqish va umumlashtirish va boshqarma boshlig‘i ga taqdim qilish;
mineralł xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha yer usti geofizik va quduqlarda geofizik tadqiqot ishlari yaʼni geofizik tasvirlash ishlarini rejalashtirish, hududda mavjud foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni ajratish, qora, rangli, noyob, qimmatbaho metalllarning bashorat resurslari keyinchalik ularga istiqbolli maydonlarni ko‘paytirish strategiyasi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va boshqarma boshlig‘iga taqdim etish;
tasdiqlangan jadvalga muvofiq geofizik topshiriqlar, loyihalar va hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
geologiya qidiruv ishlarining har chorak va yillik axborot hisobotlarini tayyorlanishini nazorat qilish; hisobot va loyihalarni Ilmiy-texnik kengash va Ilmiy-tahririy kengashlar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
xorijiy kompaniyalar bilan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatish hamda istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirishda xorijiy investitsiyalarmi jalb etishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi tomonidan baj arilgan geofizika ishlarining dala materiallarini qabul qilish va metodologiyasini ishlab chiqish;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi kengashi yig‘ilishlarida ishtiqoq etish, hisobot va loyihalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Ilmiy texnik kengash va Ilmiy-tahririy kengash yig‘ilishlarida qatnashish;
bo‘lim vakolatiga Kiruvchi yo‘nalish bo‘yicha xulosa, hisobotlar, maʼlumotlar, xatlarni tayyorlash va loyihalarni ko‘rib chiqish, hamda buyruq va farmoyishlarni baj arilishini taʼminlash;
rejim va xavfsizlikka oid meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlash.
