- Asosiy
- Ijro apparati
- Regional geologiya boshqarmasi
Regional geologiya boshqarmasi

Regional geologiya boshqarmasi boshlig'i: Rizayev Maksud Muratovich
Boshqarmani asosiy vazifalari quyidagilar:
"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ faoliyati doirasida respublika barcha hududida regional tadqiqotlarni tahlil qilish, rejalashtirish va metodik qo‘llab quvvatlashni amalga oshirish;
regional tadqiqotlar yo‘nalishida, mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha yillik, o‘rta va uzoq muddatli Davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishida uslubiy yordam ko‘rsatish;
regional geologik tadqiqotlarni rejalashtirish, ushbu ishlar natijasida hududda mavjud foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni geologik belgilar va o‘tkazilgan regional geologik tadqiqotlar asosida bashoratli belgilash; qimmatbaho, rangli, noyob, qora metallaring bashorat resurslari va noruda foydali qazilmalarning zaxiralari va resurslarini hisoblash, keyinchalik ularga istiqbolli maydonlari ko‘paytirish strategiyasi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
yer qaʼrini geofizik va geologik o‘rganish, ruda va noruda foydali qazilmalar uchun istiqbolli maydonlar ajratish bo‘yicha ishlarni olib borilishi ustidan uslubiy nazorat qilish;
tasdiqlangan jadvalga muvofiq geologik topshiriqlar, loyihalar va hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
foydali qazilma zaxiralari va bashoratli resurslarini o‘stirish hamda davlat buyurtmalarining jamlanma loyihalarini tayyorlash;
foydali qazilma zaxiralari va bashoratli resurslarini har chorak va yillik tezkor o‘stirilishini ko‘rib chiqish;
mezo-kaynozoy yotqiziqlari bilan qalin qoplangan hududlarda Aerogeofizik va yer usti geofizik ishlarni olib borilishini shakllantirish va ularni amalga oshirilishini uslubiy nazorat qilish;
geologiya qidiruv ishlarining har chorak va yillik axborot hisobotlarini umumlashtirish va rahbariyatga taqdim qilish uchun tayyorlash;
hisobot va loyihalarni Ilmiy-texnik kengash va Ilmiy-tahririy kengashlar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish;
xorijiy kompaniyalar bilan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatish hamda istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;tarkibiy ekspeditsiyalar tomonidan bajarilgan geofizik, tasvirlash izlash, baholash va qidirish ishlarining dala materiallarini qabul qilish va metodologiyaga mos kelishini nazorat qilish;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etish, hisobot va loyihalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha 11miy texnik kengash va Ilmiy tahririy kengash yig‘ ilishlarida qatnashish;
boshqarma vakolatiga Kiruvchi yo‘nalish bo‘yicha xulosa, hisobotlar, maʼlumotlar, xatlarni tayyorlash va loyihalarni ko‘rib chiqish, hamda yo‘nalish bo‘yicha buyruq va farmoyishlarni bajarish;
rejim va xavfsizlikka oid meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlash.
