- Asosiy
- Ijro apparati
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo'limi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo'limi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo'limi boshlig'i: Islamov Ikrom Rustam o‘g‘li
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo'limining asosiy vazifa va funksiyalari
Bo'limning maqsadi apparat va dasturiy ta'minot tizimlarining uzluksiz ishlashi va rivojlanishini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish, boshqarish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va amalga oshirishdan iborat.
Bo'limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Axborot tizimlarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish.
Uskuna va dasturiy ta'minot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash.
Axborot xavfsizligining zarur daraj asini ta'minlash.
Hisoblash texnikasi va dasturiy ta'minotidan foydalanish standartlarini ishlab chiqish.
Hisoblash uskunalari va dasturiy ta'minoti uchun axborot va texnik yordam ko'rsatish.
Axborot texnologiyalari resurslaridan foydalanishni optimallashtirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish;
Hisoblash texnikasi va orgtexnika bilan ishlash qoidalari bo'yicha me'yoriy hujjatlarni tayyorlash.
Hisoblash texnikasi va orgtexnika bilan ishlash qoidalari bo'yicha me'yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish.
Kiruvchi so'rovlarning o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
Tashqi buyurtmachilarning mahalliy hisoblash tarmoqlarini ishlab chiqish, boshqarish va texnik qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks xizmatlar ko'rsatish shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
Tashqi buyurtmachilarga tuzilgan shartnomalar doirasida kompleks xizmatlar ko'rsatish.
Bo' limning funksiyalari
Quyidagilar Bo'limning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
a) Xarid uchun spetsifikatsivalarni tayyorlash sohasida: faol tarmoq uskunalari;
serverlar;
ma'lumotlarni zaxiralash va tiklash vositalari;
axborotni himoya qilish vositalari;
tarmoq infratuzilmasini nazorat qilish va boshqarish vositalari;
periferik uskunalar;
hisoblash texnikasi va butlovchi qismlar;
dasturiy ta'minot; bosib chiqarish qurilmalarining sarfmateriallari va ehtiyot qismlari.
b) o 'rnatish, sozlash, texnik qo 'Ilab-quvvatlash va xizmat ko 'rsatish sohasida: - serverlar;
faol tarmoq uskunalari; axborotni himoya qilishning apparat va dasturiy vositalari; tarmoq infratuzilmasini nazorat qilish va boshqarishning apparat va dasturiy vositalari;
ma'lumotlarni zaxiralash va tiklash vositalari;
ish stansiyalari; periferik uskunalar;
dasturiy ta'minot; ofis texnikasi.
Bo'lim o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
Avtomatlashtirilgan ish o'rinlarini tashkil etish.
Hisoblash texnikasidagi nosozliklarni diagnostika qilish va bartaraf etish.
Dasturiy ta'minotdagi nosozliklarni diagnostika qilish va bartaraf etish.
Hisoblash va ofis texnikasini kafolatli xizmat ko'rsatish va ta'mirlash masalalari bo'yicha yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish.
Dasturiy ta'minotni xarid qilish, yangilash va modifikatsiya qilish masalalari bo'yicha ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish.
Buyurtmachining tegishli bo'linmalari bilan hamkorlikda axborot resurslari bilan ishlash shakl va usullarini takomillashtirish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish.
Axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha rahbar hujjatlarni ishlab chiqish, joriy etish va ijrosini nazorat qilishni tashkil etish.
Avtomatlashtirilgan tizimlar quyi tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash va ularning ish qobiliyatini tiklash rejasini ishlab chiqish.
Buyurtmachi bo'linmalarining hisoblash texnikasi va axborotni qayta ishlash bo'yicha qo'shimcha vositalarga bo'lgan ehtiyojlarini tahlil qilish.
Dasturiy va apparat ta'minoti faoliyati bilan bog'liq arizalarni o'z vaqtida ko'rib chiqish va bajarilishini tashkil etish.
