1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Xaridlar bo'limi

Xaridlar bo'limi

Xaridlar bo'limi boshlig'i: Shayakubov Anvar Ulugbekovich

Xaridlar bo‘limining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari 

Xarid bo'limiga quyidagi asosiy funksiyalar yuklatiladi:

jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yuqori samarali geologik asbob-uskunalar, ixtisoslashtirilgan ilg'or texnika, tovar moddiy boyliklar, ishlar va xizmatlarni qilishni amalga oshirish;

jamiyatda belgilangan tartibda va muvofiqlik choralariga rioya qilgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish bo'yicha xarid tartib-taomillarini tashkil etish va o'tkazish;

taqdim etilgan talabnomalar asosida jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish rejalarini shakllantirishda, shuningdek asbob-uskunalar, texnika va Tovar-moddiy boyliklarini sotib olish uchun zarur bo'lgan pul mablag'larining miqdorini hisoblashda ishtirok etish;

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) potensial yetkazib beruvchilarni topish, narxlarni aniqlash va xaridlarni optimallashtirish uchun bozor kon'yukturasini o'rganish va tahlil qilish;

tuzilgan shartnomalar, ularni moliyalashtirish va tovarlarni Markaziy omborga haqiqatda yetkazib berish to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va umumlashtirish;

Xarid bo'limi vakolatiga tegishli masalalar bo'yicha jamiyatning tarkibiy bo'linmalarida farmoyish va me'yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish.

Vazifalari

Yuklatilgan funksiyalarga muvofiq Xarid bo'limi quyidagi vazifalarni bajaradi:

amaldagi qonunchilikka muvofiq xarid tartib-taomillarini tashkil etish va o'tkazish yo'li bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishni amalga oshiradi;

amaldagi qonunchilik doirasida ichki va tashqi bozorlarda rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun yetkazib beruvchilarni faol qidirishni tashkil etadi;

potensial yetkazib beruvchilar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va umumlashtirish bo'yicha doimiy ish olib boradi; jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun texnika, asbob-uskunalar va tovar-moddiy boyliklarni sotib olish bo'yicha shartnomalar va kontraktlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi;

rasmiylashtirilgan shartnoma majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish masalalarini ishlab chiqishni ta'minlaydi;

shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda yetkazib beruvchilarga da'volarni tayyorlashda ishtirok etadi, ushbu da'volar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;

tuzilgan shartnomalarga (kontraktlarga) o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qo' shimcha bitimlar va boshqa hujjatli materiallarni tayyorlaydi;

savdolarni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha hujjatli materiallarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;

vakolatli organga kelishish maqsadida taqdim etish uchun texnik topshiriqlarni tayyorlash bo'yicha ishlarda qatnashadi;

belgilangan tartibda elektron platforma orqali texnika, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni xarid qilish bo'yicha ishlarni tashkil etadi;

texnika va uskunalarni yetkazib berish bo'yicha mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar natijalariga ko'ra, u kelib tushuvchi xat-xabarlarni qayta ishlaydi, javob xatlari va zarur hujjatli materiallarni tayyorlaydi;

xaridlar boshqarmasi boshlig'iga sotib olinayotgan uskunalar uchun yetkazib beruvchilarning takliflarini tahlil qiladi, tizimlashtiradi va ko'rib chiqish uchun taqdim etadi;

Xaridlar departamenti rahbariyatining talabiga binoan va xaridlar boshqarmasi boshlig'ining ko'rsatmasi bilan ko'rsatilgan shakllar bo'yicha ma'lumotnomalar, ma'lumotlar va boshqa materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va taqdim etadi;

har oy xaridlar to'g'risidagi hisobot va axborot hujjatlarini umumlashtiradi;

yuqori turuvchi rahbarlarning topshiriqlari va kundalik faoliyatning puxta o'rganilgan masalalari ijrosini nazorat qiladi, o'z ishini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqadi;

yuqori turuvchi rahbarlarning alohida (yozma yoki og'zaki) vazifalari va topshiriqlarini o'z vaqtida, aniq va samarali bajaradi;

Xaridlar departamentining boshqa tarkibiy bo'linmalari bilan yaqin hamkorlik qilish va tegishli ma'lumotlarni o'zaro almashish bo'yicha ishlarda faol ishtirok etadi;

davlat xaridlarini amalga oshirish va bir martalik buyurtmalarini amalga oshirish bo'yicha ishlarni olib borishning barcha masalalari bo'yicha ma'lumotnoma ma'lumotlarini yuritadi va egalik qiladi.

Foydali havolalar