- Asosiy
- Ijro apparati
- Marketing bo'limi
Marketing bo'limi
Marketing bo'limi boshlig'i:
Marketing bo'limining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari
Marketing bo‘limi quydagi asosiy funksiyalarga ega:
jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yuqori samarali geologik asbob-uskunalar, ixtisoslashtirilgan ilg‘or texnika, tovar-moddiy boyliklar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni amalga oshirish;
jamiyatda belgilangan tartibda va komplaens choralariga rioya qilgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish bo‘yicha xarid tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish;
taqdim etilgan talabnomalar asosida jamiyatning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish rejalarini shakllantirishda, shuningdek asbob-uskunalar, texnika va tovar-moddiy boyliklarini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul mablag'larining miqdorini hisoblashda ishtirok etish;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) potentsial yetkazib beruvchilarni topish, narxlarni aniqlash va xaridlarni optimallashtirish uchun bozor kon’yukturasini o‘rganish va tahlil qilish;
iste’mol xususiyatlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va iste’molchilar talabi va bozor konyukturasini prognoz qilish asosida jamiyatning marketing siyosatini amalga oshirish;
Marketing bo‘limi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha jamiyatning tarkibiy bolinmalarida farmoyish va me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish.
Yuklatilgan funksiyalarga muvofiq Marketing bo‘limi quyidagi vazifalarni bajaradi:
bo‘lim faoliyatining umumiy yo‘nalishlarini Xaridlar departamentiga belgilangan umumiy maqsad va vazifalar doirasida, shuningdek Departament rahbariyati va Xaridlar boshqarmasi ko‘rsatmalari asosida belgilaydi;
bozorni o‘rganish jarayonlarini amalga oshiradi, bozorni o‘rganish, talabni prognoz qilish, mahsulotni sotish uslublari va usullarini belgilaydi;
ayrim tovarlarning hayotiy siklini o‘rganadi, ularni takomillashtirish, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning yangi bozorlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
potentsial yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va umumlashtirish bo‘yicha ishlarni doimiy o‘tkazish uchun asbob- uskunalar va materiallar bo‘yicha tijorat takliflarini olish yuzasidan ishlar olib boradi;
savdolarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatli materiallarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, shuningdek ularni vakolatli organga kelishish uchun taqdim etish maqsadida texnik topshiriqlarni tayyorlash ishlarida qatnashadi;
texnika va uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar natijalariga ko‘ra, u kelib tushuvchi xat-xabarlarni qayta ishlaydi, javob xatlari va zarur hujjatli materiallarni tayyorlaydi;
xaridlar boshqarmasi boshlig‘iga sotib olinayotgan uskunalar uchun yetkazib beruvchilarning takliflarini tahlil qiladi, tizimlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi va har oy amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risidagi hisobot va axborot hujjatlarini umumlashtiradi;
xaridlar departamenti rahbariyatining talabiga binoan, xaridlar boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha ma’lumotnomalar, ma’lumotlar va boshqa materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va taqdim etadi;
yuqori rahbarlarning topshiriqlari va kundalik faoliyatning qayta ishlangan masalalari ijrosini nazorat qiladi, o‘z ishini takomillashtirish usullarini ishlab chiqadi;
yuqori turuvchi rahbarlarning alohida (yozma yoki og‘zaki) vazifalari va topshiriqlarini o‘z vaqtida, aniq va samarali bajaradi;
Xaridlar departamentining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlik qilish va tegishli ma’lumotlarni o‘zaro almashish bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etadi;
davlat xaridlarini marketing tadqiqotlari va ishlanmalarini amalga oshirish va bir martalik buyurtmalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning barcha masalalari bo‘yicha ma’lumotnoma ma’lumotlarini yuritadi va egalik qiladi.