1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Bosh energetika bo'limi

Bosh energetika bo'limi

Bosh energetika bo'limi boshlig'i:

Nazarov Sirojiddin Suvonovich

Bosh energetika bo'limining asosiy vazifa va funksiyalari 

Elektr energiyasidan tizimlarining texnik jihatdan to'g'ri ishlashini va o'z vaqtida ta'mirlanishini tashkil etish, elektr energiyasi, gaz, suv va energiyaning boshqa turlari bilan uzluksiz ta'minlash, bo'linmalarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish ustidan umumiy nazoratni amalga oshirish;

yuqori turuvchi organlar, qo'mita farmoyishlari, buyruqlari va boshqa me'yoriy hujjatlarni bajarilishini ta'minlash va ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish;

energiya va atrof-muhitni muhofaza qilish uskunalari va energiya tizimlarining texnik jihatdan to'g'ri ishlashini va o'z vaqtida ta'mirlanishini tashkil etish, elektr energiyasi, gaz, suv va energiyaning boshqa turlari bilan uzluksiz ta'minlash, bo'linmalarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish; tejash rejimiga izchil rioya qilish;

energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, avariyalarning oldini olish, ulardan foydalanish jarayonida xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

jamiyatda joylashgan energiya uskunalarini saqlash, mavjudligi va harakatini hisobga olish, shuningdek, elektr energiyasi sarfini hisobga olish va tahlil qilish, energetika sohasining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, baxtsiz hodisalar va ularning sabablarini o'rganish;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga, elektr stantsiyalarini ishlatish va elektr jihozlari va tarmoqlaridan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalarga rioya qilish;

konstruktorlik, muhandislik va texnologik intizomga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

energiya uskunalari, materiallar, ehtiyot qismlar sotib olish kerakli buyurtmalarni taqdim qilish, jamiyatni elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlash va elektr ta'minoti korxonalariga qo'shimcha quvvat ulash uchun arizalar va ular uchun zarur hisob-kitoblarni rasmiylashtirish;

energiya resurslarini iste'mol qilish, elektr stansiyalarining yanada ishonchli, tejamkor va xavfsiz ishlashiga, shuningdek, mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradigan yangi texnologiyani joriy etish;

energetika sohalarida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, ish o'rinlarini attestatsiyadan o'tkazish va ratsionalizatsiya takliflarini berish, energetika uskunalarini ta'mirlash va ulardan foydalanishning yangi progressiv usullarini joriy etish;

energiya uskunalarini ekspluatatsiya qilish, energetika resurslaridan tejamkorlik va oqilona foydalanish sohasida tajriba almashish yuzasidan takliflar berish;

energetika sohasini kelgusida rivojlantirish rejalarini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish rejalarini ishlab chiqishda, jamiyatni rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;

jamiyat va uning tarkibiy bo'linmalarining energiya ta'minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish loyihalarini ko'rib chiqishda, yangi energiya obektlarini loyihalash va mavjudlarini rekonstruksiya qilish uchun texnik shartlarni tayyorlashda ishtirok etish;

ishlab chiqilgan loyihalar bo'yicha elektr uskunalarini va elektr tarmoqlarini sinovdan o'tkazish va sanoat foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish;

jamiyatni elektr energiyasi, issiqlik, suv va boshqa energiya turlari bilan ta'minlash bo'yicha energiya ta'minoti tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va bajarilishini nazorat qilish;

energetika uskunalarini ekspluatatsiya va mehnatni muhofaza qilish holati bo'yicha tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi, Uzenergoinspeksiya ko'rsatmalari va chora-tadbirlarnini bajarilishini o'z vaqtida tashkil etish;

bosh energetik bo'limi uchun quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish;

lavozim yo'riqnomasi;

chora tadbirlar, jadvallar;

elektr energiyasini iqtisod qilish bo'yicha chora-tadbir rejasi;

yoritish tizimida "Aqilli" lampalar va sensorli uskunalarni joriy etish bo'yicha chora-tadbir rejasini;

maxfiylik va axborot xavfsizligi rejimi: davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlar, tijorat va boshqa sir turlari, jismoniy shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari va tarqatilishi cheklangan ma'lumotlarni saqlanishi, shuningdek bunday ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlar va axborot tashuvchilar bilan ishlashni belgilangan tartibi shu jumladan axborotni uzatish va qayta ishlashning texnik vositalari;

yuqori turuvchi organlar va qo'mitalar farmoyishlarini, energetika uskunalari, elektr tarmoqlari va kommunikatsiyalaridan foydalanish bo'yicha uslubiy, me'yoriy va boshqa yo'l-yo'riq materiallari ijrosini ta'minlanish.

 

Foydali havolalar