1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Yuridik bo'lim

Yuridik bo'lim

Yuridik boʻlimi boshlig'i: Chuponov G'ayrat Yusufovich

Yuridik boʻlimining asosiy vazifa va funksiyalari

Jamiyatda huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

Jamiyatda tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

Jamiyatda xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Jamiyatning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

Jamiyatning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida:

a) Jamiyatda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

b) Jamiyat raisiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga Yuridik bo‘lim tomonidan Jamiyatning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

v) Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan Jamiyatning qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;

g) Mustaqil ravishda yoki boshqa bo‘limlar bilan birgalikda Jamiyatning buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

d) Jamiyatda, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

e) Jamiyatning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda Jamiyat mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

j) Jamiyat boshqaruv tizimini takomillashtirish, korxona mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

z) Jamiyatda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

i) Jamiyat rahbariyatiga korxona faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;

k) Jamiyat xodimlarining kasaba uyushmalariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;

Jamiyat tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish sohasida:

a) Jamiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

b) Ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

v) Hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga Yuridik bo‘lim tomonidan Jamiyatning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

g) Jamiyatga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlaydi;

d) Jamiyatning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, Jamiyat rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;

e) Jamiyatning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, Yuridik bo‘lim faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

Jamiyat xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:

a) Jamiyat xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;

b) Jamiyat faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;

v) Jamiyat xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

g) Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini Jamiyatga yetkazadi;

Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Jamiyatning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:

a) Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy bo‘limlar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;

b) Boshqa bo‘limlar bilan birgalikda Jamiyat tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga Yuridik bo‘lim tomonidan Jamiyatning boshqa tarkibiy bo‘limlaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

v) Shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

g) Jamiyat tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

d) Jamiyatning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va Jamiyatga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, Jamiyatda talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

e) Tegishli bo‘limlar bilan birgalikda Jamiyatning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;

j) Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

z) Jamiyatning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

i) Mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

k) Boshqa tarkibiy bo‘limlar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

l) Moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi;

m) Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

 

Foydali havolalar