1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Raqamli geologiya boshqarmasi

Raqamli geologiya boshqarmasi

Raqamli geologiya boshqarmasi boshlig'i: Nurmanov Fazliddin Urinboyevich

Raqamli geologiya boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari

O‘rganilayotgan hududning geologik tuzilishi va ma’danlashuvi to‘g‘risida sifatli va ishonchli ma’lumotlarni olish maqsadida foydali qazilmalar bo‘yicha loyihalar, geologik vazifalar, ish usullarini ishlab chiqish;

Foydali qazilmalar ob’ektlarida JORC kodeksining xalqaro talablari asosida geologik hujjatlarini o‘z tasarrufidagi korxonalar (ekspeditsiyalar) tomonidan amalga oshirilishini uslubiy ravishda ta’minlash;

Foydali qazilmalar ob’ektlarida, o‘z tasarrufidagi korxonalar (ekspeditsiyalar) tomonidan amalga oshiriladigan JORC kodeksining xalqaro talablariga muvofiq geotexnik hujjatlarini ishlab chiqish;

Geologik loyihalar bo‘yicha olingan geologik ma’lumotlarini maxsus dasturiy ta’minotdan foydalangan holda modellashtirishni va interpretatsiyani amalga oshirish;

Ixtisoslashtirilgan kon-geologik dasturlardan foydalangan holda geologik interpretatsiyani 3D modellashtirishda, foydali qazilmalar resurslari va zahiralarini hisoblash;

Loyiha-smeta hujjatlarining geologik-uslubiy qismini tayyorlashda ishtirok etish;

Laboratoriya va tahliliy ishlarning sifatini nazorat qilish va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibiy bo‘linmalari (ekspeditsiyalar) tomonidan geologik ishlarni bajarilishdagi kechikishlar va tartiblarga rioya qilinmagan hollarda jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari-bosh geologni o‘z vaqtida xabardor qilish.

 

Foydali havolalar