1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Loyiha-smeta hujjatlari va shartnomalar bo‘limi

Loyiha-smeta hujjatlari va shartnomalar bo‘limi

Loyiha-smeta hujjatlari  va shartnomalar bo‘limi boshlig'i:

Bozorov Jonibek Nazarovich

Loyiha-smeta hujjatlari  va shartnomalar bo‘limining asosiy vazifalari

Geologik ekspeditsiyalar va partiyalar tomonidan olib boriladigan geologik tasvirlash ishlari, izlash ishlari, geologiya qidiruv, geofizika va boshqa tematik, uslubiy-tajriba ishlarining loyiha-smetalarini tuzishni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

Loyiha va smetalarni tayyorlashning sifat darajasini nazorat qilish;

Loyiha va smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘yicha materiallarni tayyorlashni ta’minlash;

Smeta-moliyaviy hisoblarni tuzishda me’yoriy materiallar, ma’lumotnomalar, preyskurantlar va yo‘riqnomalardan to‘g‘ri foydalanishni tekshirib borish va kamchiliklarni to‘g‘rilash;

Jamiyatning ishlashini ta’minlaydigan optimal ish hajmlarini aniqlash, ish buyurtmalari portfelini shakllantirishda ishtirok etish;

Moliyaviy resurslarni belgilangan geologik vazifani bajarishga erishishga yo‘naltirishga ko‘maklashish;

Jamiyatning biznes-rejasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash bo‘yicha ishlarda ishtirok etish;

Jamiyat tarkibiy bo‘linmalaridan bajarilgan ishlarni qabul qilishda bo‘lim vakolati doirasida ishtirok etish, shu jumladan pudrat korxonalaridan, shuningdek bajarilgan ishlar hajmini, smeta qoldiqlari doirasida, nazorat qilish;

Tarkibiy bo‘linmalar uchun smeta va loyihalarni tuzish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;

Olib borilayotgan ishlarning tannarxini kamaytirish bo‘yicha chora tadbirlarni tuzishda qatnashish;

Jamiyat tasarrufidagi geologik ekspeditsiyalarning mutaxassis-xodimlariga loyiha-smetalarni tuzish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarni tanishtirib borish;

Loyihalanadigan ob’ektlarning ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

Ekspeditsiyalar tomonidan ishlab chiqilib, taqdim qilinayotgan loyiha-smeta hujjatlarining to‘la-to‘kisligini va sifatini nazorat qilish;

Mehnat va moliya qonunchiligiga rioya qilish, yuqori organlarning loyiha-smeta hujjatlarini tuzish bo‘yicha qarorlari va buyruqlarini bajarilishini ta’minlash;

Loyihalar smetalarining ijrosi bo‘yicha takliflar kiritish;

Smeta qoldiqlarini o‘z vaqtida qayta hisoblashni tashkil qilish.

Foydali havolalar