1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo’limi

Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo’limi

Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo’limi boshlig'i: Umarov Farxod Arifovich

Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limining asosiy funksiya va vazifalari  quyidagilar hisoblanadi

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yishning maksimal darajadagi shaffof va odilona tartibini joriy qilish;

Chet eldan orttirilgan muvaffaqiyatli tajribalardan kelib chiqib, zamonaviy menejment tizimi asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;

Xodimlar tarkibini miqdoriy va sifat jihatidan aksiyadorlik jamiyati oldidagi vazifalarga muvofiq bo‘lishiga erishish va saqlab turishga qaratilgan, kadrlarni boshqarish sohasidagi siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;

Aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalari (ekspeditsiyalari)ning, ular oldidagi vazifalarga va ularni rivojlantirish strategiyasiga, shuningdek o‘zgarib turuvchi tashqi va ichki bozor konyukturasiga muvofiq, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish;

Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining lavozim bo‘yicha o‘sishi uchun mehnat faoliyati, ahloq-odob sifatlari, layoqati va malakalarini holisona baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;

Kadrlar potensialini muntazam rivojlantirib borish va ularning maksimal darajadagi ishtiroki asosida, aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalari (ekspeditsiyalari) oldida turgan maqsadlarga erishishda, har bir xodimning shaxsiy ulushini oshirishga ko‘maklashish;

Aksiyadorlik jamiyatining davlat va oddiy xizmatchilarida kasbiy ahloq, korrupsiyaga qarshi madaniyat va korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

Kadrlar kasbiy darajasini muntazam oshirib borish, shu jumladan uzluksiz (sohaning va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda) o‘qitish asosida, shu bilan birga chet ellarda ham;

Aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati shtat birliklarini, shu jumladan tarkibiy bo‘linmalarning nomenklaturaga doir rahbarlik lavozimlarini malakaviy yetuk, tashabbuskor, bilim va tajribaga ega bo‘lgan xodimlar bilan butlash;

Aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati xodimlarini mehnat qonunlariga muvofiq ishga qabul qilish, boshqa joyga ko‘chirish, boshqa lavozimga o‘tkazish, mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish va kadrlar bo‘yicha belgilangan hujjatlarni yuritishni hujjatlar asosida rasmiylashtirish;

Markaziy apparat xodimlarining, shuningdek jamiyat tarkibiga kiruvchi bo‘linmari nomenklaturaviy rahbar xodimlarining shaxsiy hujjatlari va hisobga olish kartochkalarini yuritish;

Shaxsiy tarkibning mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish, saqlash va berish, ularga tegishli qaydlarni o‘z vaqtida yozib borish;

Shaxsiy tarkibning mehnat daftarchalariga mehnat shartnomalaridagi ma’lumotlar asosida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK)da avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar) va "YaMMT" IDAKga kiritilgan xodim to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi xodimning elektron mehnat daftarchasi (XEMD) yuritib borish va tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha nazorat qilish;

- Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalari va muassasalarining kadrlarga doir bo‘linmalari ishini uslubiy monitoringini olib borish;

Rahbar kadrlar va muhandis-texnik xodimlarni tanlash va joyiga qo‘yish, kadrlar rezervini shakllantirishni amalga oshirish, shuningdek tarkibiy bo‘linmalari va muassasalarning rahbar xodimlarini hamda jamiyat markaziy apparati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish;

Ishlab chiqarish ilg‘orlarini hukumatning va boshqa turdagi rag‘batlantiruvchi mukofotlarga tavsiya qilishga doir materiallarni tayyorlash;

Hisobotlarni tuzish va ma’lumotnomalarni, axborotlarni o‘z vaqtida tegishli idoralarga taqdim etilishi yuzasidan nazorat qilish;

Jamiyat tomonidan tender asosida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bilan shartnomalar tuzish, hamda tarkibiy bo‘linmalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun moddiy bazani tashkil qilish va rivojlantirish;

Mutaxassislarni tayyorlash uchun korxonalarning oliy va o‘rta maxsus kasbiy o‘quv yurtlari bilan shartnomalar tuzishi yuzasidan nazorat qilish;

Shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan ajratilgan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun yo‘llanmalarni tayyorlash va rasmiylashtirish, ularni taqsimlash, ishga joylashtirish, oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilarining stajirovkadan o‘tishlari davrida uslubiy rahbarlik qilish, mazkur masalalar bo‘yicha hisobga olish ishlarini; yuritish;

Jamiyat apparati xodimlari uchun ichki mehnat tartib qoidalarini ishlab chiqish;

Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni bir yo‘la hisobga olishni tashkil qilish va yuritish

Mehnatkashlarning kadrlar bilan ishlashga tegishli takliflari, arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;

Boshqarma va bo‘linmalar bilan birgalikda nomzod xodimlarni rahbarlik va muhandis-texnik lavozimlariga tayinlash va ularni xizmat joylarini o‘zgartirish to‘g‘risida aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga takliflar kiritish;

Boshqarma va bo‘linmalar bilan birgalikda boshqarma va bo‘linmalar tuzilishini yaxshilash, Jamiyat markaziy apparati xodimlarini tanlash va joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Jamiyat boshqarma va bo‘linmalar bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmalari tomonidan tasdiqlash uchun kiritiladigan, rahbar va muhandis-texnik xodimlarga tegishli buyruqlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalarni rasmiylashtirish;

Jamiyat boshqarma va bo‘limlari bilan birgalikda jamiyat tarkibiy bo‘linmalari rahbar xodimlarining, shuningdek boshqaruv apparati xodimlarining yillik ta’tillarini taqsimlash grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritish.

 

Foydali havolalar