- Asosiy
- Ijro apparati
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot standartlari bo‘limi
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot standartlari bo‘limi
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot standartlari bo‘limi boshlig‘i: Shigapov Eldar Azatovich
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot standartlari bo‘limining asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari
Iqtisodiy tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun, jamiyat xo‘jalik jarayonlari, aktivlarining xolati va xarakati, majburiyatlarining xolati va faoliyat natijalari to‘g‘risida buxgalteriya hisobvaraqlarida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirash;
Tasdiqlangan norma va smetalarga binoan mulk, foydalanilayotgan mexnat, moddiy va moliyaviy resurslar va ularning xarakati ustidan nazoratni ta’minlash;
Davriy buxgalteriya (moliyaviy) hisobotni o‘z vaqtida to‘g‘ri tuzish.
Xodimlar tomonidan quyidagilarga amal qilinishi:
Buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘yicha uslubiy, normativ materiallar va boshqa yo‘riqnomalar;
Buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi va muddatlari, hamda hujjatlar aylanish tartibi;
Mexnat va ijro intizomi;
Hisobot yili davomida, xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi, mulkni baholash va moliyaviy hisobotni tuzishda jamiyatda qabul qilingan hisob siyosatiga amal qilish;
EHMdan foydalanishga asoslangan holda buxgalteriya hisobining ilg‘or uslub va shakllari, yoppasiga avtomatlashtirishni joriy etish;
O‘z vakolati doirasida va o‘z vaqtida jamiyatning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga aks ta’sir etuvchi omillarning oldini olish.