- Asosiy
- Ijro apparati
- Moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar boshqarmasi
Moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar boshqarmasi
Moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar boshqarmasi boshlig'i:
Kaxarov Saidxuja Muxamatovich
Moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari
Jamiyatning rejali va moliyaviy ishlarini tashkil etish va tizimli takomillashtirish;
Mehnat unumdorligini, ishlab chiqarish rentabelligini barqaror oshirish, xarajatlarni kamaytirish va foydani oshirish maqsadida mavjud zaxiralarni aniqlash va safarbar qilish;
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini prognoz qilish bo‘yicha nazorat ko‘rsatkichlarini, barcha faoliyat turlari uchun iqtisodiy standartlar va chegaralarni ishlab chiqish;
Boshqa boshqarmalar va bo‘limlar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlari qiymatini ularning turlari va ularni ishlab chiqarish uchun mablag‘larning chegaralari bo‘yicha joriy davr va kelajak uchun boshqarma vakolati doirasida asoslash;
Jamiyatning ishlashini ta’minlaydigan optimal ish hajmlarini aniqlash, ish buyurtmalari portfelini shakllantirishda ishtirok etish;
Moliyaviy resurslarni belgilangan geologik vazifani bajarishga erishishga yo‘naltirishga ko‘maklashish;
Jamiyatning biznes-rejasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Jamiyat tarkibiy bo‘linmalaridan bajarilgan ishlarni qabul qilishda boshqarma vakolati doirasida nazorat olib borish, shu jumladan pudrat korxonalaridan, shuningdek bajarilgan ishlar hajmini nazorat qilish;
Bajarilgan ishlarni moliyalashtirish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash, bajarilgan ishlarni tezkor hisobga olish, ular uchun olingan va foydalanilgan mablag‘lar, shu jumladan oldindan moliyalashtirishni nazorat etish;
Jamiyat va uning tarkibiy bo‘linmalarining biznes-rejada ko‘zda tutilgan iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarning borishini, shu jumladan bazis davrning erishilgan darajasiga nisbatan, shuningdek me’yorlar va qoidalarga muvofiqligini nazorat qilish;
Jamiyatning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini kompleks moliyaviy iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish;
Belgilangan statistik, ichki va tezkor hisobotlarni tayyorlash, uni belgilangan muddatlarda taqdim etilishini, ular nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarning ishonchliligini nazorat qilish;
Iqtisodiy va moliyaviy faoliyat, buxgalteriya hisobi va hisobot hujjatlari bo‘yicha sanoat qoidalari va ko‘rsatmalarini ishlab chiqish;
Mehnat va moliya qonunchiligiga rioya qilish, yuqori organlarning mehnatni tashkil etish, me’yorlash va unga haq to‘lash bo‘yicha qarorlari va buyruqlarini bajarilishini ta’minlashni nazorat etish;
Xodimlar mehnatga haq to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni nazorat qilish;
Jamiyat va uning tarkibiy bo‘limlarida ish haqi oqilona hisoblash, shtatlar jadvali intizomiga rioya qilish, tarmoq malaka ma’lumotnomasiga muvofiq kasblar va lavozimlar nomlarini belgilanishini ta’minlash, tarif stavkalarini qo‘llash, tuman koeffitsientlarini nazorat qilish;
Jamiyat tarkibiy bo‘linmalarida iqtisodiyot va geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish va uslubiy yordam ko‘rsatish;
Biznes-rejada ko‘zda tutilgan asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni amalga oshirish natijalari, shuningdek jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarni ilova qilgan holda choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash;
Iqtisodiy tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun, jamiyat xo‘jalik jarayonlari, aktivlarining holati va xarakati, majburiyatlarining holati va faoliyat natijalari to‘g‘risida buxgalteriya hisobvaraqlarida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishni nazorat qilish;
Tasdiqlangan norma va smetalarga binoan mulk, foydalanilayotgan mexnat, moddiy va moliyaviy resurslar va ularning xarakati ustidan nazoratni ta’minlash;
Davriy buxgalteriya (moliyaviy) hisobotni o‘z vaqtida to‘g‘ri tuzishni nazorat qilish;
Hisobot yili davomida, xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi, mulkni baxolash va moliyaviy hisobotni tuzishda jamiyatda qabul qilingan hisob siyosatiga amal qilishini ta’minlash;
Kompyuter texnikalaridan foydalangan xolda buxgalteriya hisobining ilg‘or uslub va shakllari, avtomatlashtirish va integratsiyalashni joriy etish;
O‘z vakolati doirasida va o‘z vaqtida jamiyatning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga aks ta’sir etuvchi omillarning oldini olishni ta’minlash.