1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. E’lonlar

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tasarrufiga “Regionalgeologiya” davlat muassasasining tegishli aktivlari to'g'risida

735

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tasarrufiga “Regionalgeologiya” davlat muassasasining tegishli aktivlarini qo‘shib olish orqali qayta tashkil etish boshlanganligini maʼlum qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-187-son qaroriga, jamiyat kuzatuv kengashining 2024 yil 25 iyundagi qaroriga va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning 2024 yil 31 maydagi 51-son buyrug‘iga asosan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJni unga “Regionalgeologiya” DMni qo‘shib olish orqali qayta tashkil etish belgilangan.

Regionalgeologiya” DM “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tasarrufiga o‘tkazilib qayta tashkil etilishi munosabati bilan barcha manfaatdor shaxslarni kreditorlar tomonidan yozma talablar qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida xabardor qiladi

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi” va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan kreditorlar jamiyatdan majburiyatlarni tugatishni yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararlarning o‘rinni qoplashni eʼlon berilgan sanadan eʼtiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor etish orqali talab qilishga haqli.

Yozma talablar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 15-uy manziliga yuborilishi lozim. Tel: (55) 503-14-03

Biz hamkorlarimiz va mijozlarimiz bilan shaffof va ochiq muloqotga intilamiz!

Bo‘lishish

Foydali havolalar