- Asosiy
- Matbuot markazi
- E’lonlar
Ekologik mutaxassislar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi mehnat kelishuvi shartnomasini tuzish uchun tanlov e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonunining 25 moddasi, 2000-yil 25-maydagi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” gi qonunining 3, 11, 13 va 15 moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi “Atrof-muxitga taʼsirni baxolash mexanizmini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida” gi 541-sonli qaroriga muvofiq mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni ekologik ekspertizadan o‘tkazish majburiyligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi 541-sonli qarori 1-ilovasi Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining ro‘yxatida Korxonamiz tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar ham o‘rin olgan.
Yuqoridagi keltirilgan qonunlar va qarorlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2025-yilda ham amalga oshirish rejalashtirilgan korxonamiz tasarrufidagi barcha ekspeditsiyalarning ekologik ekspertizadan o‘tkazilmagan geologik loyihalar bo‘yicha ekologik normativ loyihalarini ishlab chiqish va ekologik ekspertizadan o‘tkazish uchun ekologik mutaxassislar bilan fuqarolik-huquqiy tusidagi mehnat kelishuvi shartnomasi tuzish uchu e’lon qilanadi.
Arizalarni qabul qilish 30-yanvar 17:00 ga qadar davom etadi.
Murojaat uchun telegon: +998 55 503 14 03 ( ichki raqam - 7026, 7027)
