1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. E’lonlar

Diqqat, e’lon!

133

Geologo-texnologik xaritalash hamda xalqaro JORC talablari asosida dala va kameral ishlari boʻyicha  geologlarni amaliy bilimlari va koʻnikmalarini oshirish bilan bog‘liq vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida quyidagi vazifalarni bajarish uchun fuqarolik huquqiy shartnoma tuzish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. 

Malakaviy talablar

 Geologiya sohasi bo‘yicha (geolog) oliy ma’lumotli, faoliyat sohasi bo‘yicha kamida 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis qabul qilinadi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan qo‘shimcha malakaviy talablar:

  • geologiya qidiruv ishlari olib borilishiga loyihalar va smetalarni tuzishni;
  • geologik qidiruv ishlarini bosqichlari va texnologiyasini;
  • Xalqaro JORC talablari asosida yer usti, yer osti tog‘ lahimlari, burg‘u quduqlari, tabiiy ochilmalardan namunalar olishning usullari va turlarini;
  • Xalqaro JORC talablari asosida namunalarni sinash, qayta ishlash qoidalarini;
  • ochiq usuldagi tog‘-kon inshoatlarida (karerlar) ma’danlarni turlarga ajratish, mineralogik, geologo-strukturaviy, geologo-texnologik xaritalash bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi;
  • birlamchi dala va kameral geologik materiallarni umumlashtirish, tahlil qilish, geologik, geokimyoviy va boshqa geologik xaritalarning yig‘ma xaritalarini, kesmalarini tuzish;
  • geologik-qidiruv ishlari natijasi bo‘yicha foydali qazilmalarni zaxiralarini hisoblash, axborot va geologik hisobotlar tuzish.

    (90) 971-68-21 Jurayev Xolmumin Xusanovich

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar