1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. E’lonlar

Diqqat, e’lon!

52

Tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Ish joyi: Samarqand analitik laboratoriyalar majmuasi.

Eritish pechlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga 4 nafar fuqarolar joriy yilning 31- dekabriga qadar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga taklif qilinadi.


Asosiy xizmat vazifalari:

  • Jamiyatga tegishli laboratoriya bo‘linmalarida 1100 °C gacha haroratda ishlovchi eritish pechlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Nosoz boshqaruv bloklarini diagnostika qilish, ta’mirlash va soz holatga keltirish;
  • Elektr va avtomatika elementlaridagi nosozliklarni aniqlash, tiklash yoki almashtirish;
  • Kontaktor, rele, yoqish transformatori, harorat regulyatori hamda ulanish zanjirlarini sinovdan o‘tkazish;
  • Pnevmatik eshik mexanizmlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
  • Xavfsizlik bloklari va himoya tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • Elektr, pnevmatik va issiqlik izolyatsiyasi tizimlarini belgilangan me’yorlarga muvofiq holatga keltirish;
  • Uskunalarning ishlab chiqaruvchi talablariga muvofiq ishlashini nazorat qilish;
  • Zarur hollarda eskirgan yoki ishdan chiqqan qismlarni tozalash yoki almashtirish;
  • Olovbardosh materiallar (g‘isht, kaowool, keramik qoplama va boshqalar)ni yangilash;
  • Pechning ichki kamerasi, eshiklari va tutun yo‘llarini texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash.

Ariza topshirish tartibi:

  • Hujjatlar qabul qilish muddati: 5 (besh) ish kuni.
  • Bog‘lanish uchun telefon: +998 93 612 30 89.
Bo‘lishish

Foydali havolalar