«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
Samarqandda ichki nazorat tadbirlari tashkil etildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Samarqand MGQE binosida Samarqand shahar IIB xodimi Akbar Norqulov ishtirokida Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 yillik ish-reja dasturi doirasida Ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Qaxromon Majidov tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, Samarqand MGQEning Shimoliy Nurota va Zarafshon dala ekspeditsiyalari xodimlari, jami 200 ga yaqin ishchi va muhandis xodimlar korrupsiyaga qarshi o‘qitildi. Targ‘ibot davrida tashkilot tomonidan ishga qabul qilish, shartnomalar tuzilishi, to‘lovlar amalga oshirilishi va yoqilg‘i moylash mahsulotlarining sarfi bo‘yicha monitoringlar o‘tkazildi. Ishchi xodimlarning korrupsiyaga qarshi bilimlarini bilish va Jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi menejment tizimining samaradorligini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi. Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo‘nalishida bo‘lib, sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, yurtimizda 32 turdagi shunday qazilma boyliklari bor. Shu bois 15-yanvar kuni o‘tgan taqdimotda davlatimiz rahbari bu yo‘nalishdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Bugungi yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar, reja va takliflar ko‘rib chiqildi. Bugun jahonda texnologik vaziyat tez o‘zgarayapti. Elektromobil, “yashil” energetika, elektrotexnika sanoatida kamyob metallarga talab tobora ortib bormoqda. Shuning uchun so‘nggi yillarda jahon bozorida molibden, tellur, selen, grafit narxlari keskin oshgan. Prezidentimiz bu sohadagi ulkan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi. Sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi hamda ularning turini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Hozirda yurtimizda 6 turdagi shunday mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga qo‘shimcha platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganes kabi minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish imkoniyati bor. Masalan, avvallari o‘zimizda bo‘lmagan kukun metallurgiyasida yiliga 300 million dollarlik, uskunalar va butlovchi qismlar yo‘nalishida 100 million dollarlik qiymat yaratish mumkin. Yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan muhim minerallar bo‘yicha erishilgan kelishuv bu borada katta bozor ochadi. Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamyob metallar bo‘yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish topshirildi. Bu yo‘nalishni ilm bilan rivojlantirish, shu maqsadda loyiha ofisi tashkil etib, yetakchi institut va ilmiy markazlarni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini ko‘paytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar oltin zaxirasini va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari haqida axborot berdi. Prezidentimiz kombinatda ishlab chiqarish tannarxini 10-15 foizga pasaytirish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar! Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Ushbu qutlug‘ kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolgan qahramon ota-bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilib, g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mard va olijanob yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom bajo keltiramiz. Jang maydonlaridan omon qaytib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, bugungi kunda ezgu duolari bilan hayotimizning fayzu farishtasi bo‘lib kelayotgan qadrli urush va mehnat faxriylariga cheksiz tashakkurimizni izhor etamiz. Ayni vaqtda mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish hamda o‘z xizmat burchini ado etish yo‘lida halok bo‘lgan jasur harbiylarimiz xotirasini minnatdorlik bilan esga olamiz. Qadrli do‘stlar! Bugun barcha shahar va qishloqlarimizda o‘tkazilayotgan tadbirlarda bu mudhish urush el-yurtimiz uchun qanday mislsiz talafot va musibatlar olib kelganini yana bir bor yodga olishimiz tabiiydir. O‘sha og‘ir yillarda frontga safarbar etilgan 1 million 950 mingdan ziyod o‘zbekistonlik jangchilardan 538 mingdan ko‘prog‘i halok bo‘lgani, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgani, 870 mingdan oshig‘i turli jarohatlar olgani, 60 ming nafardan ziyodi esa nogiron bo‘lib qaytgani bu g‘alaba biz uchun naqadar qimmatga tushganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ana shu qirg‘inbarot urush xalqimiz qalbida qoldirgan bitmas jarohatni, oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hamon unutib bo‘lmaydi. Urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani, ularning 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari uchala darajadagi “Slava” (“Shuhrat”) ordeniga sazovor bo‘lgani biz uchun, hech shubhasiz, buyuk g‘alabaning eng yorqin sahifalarini tashkil etadi. Metin irodali xalqimiz o‘sha tahlikali yillarda front ortida sabot va matonat bilan mehnat qildi. Sanoat korxonalarining faoliyati front ehtiyojlari uchun yo‘naltirildi. Urush alangasi ichida qolgan hududlardan mamlakatimizga 170 dan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirildi va qisqa muddatda ularning faoliyati qayta tiklandi. El-yurtimiz front uchun juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berdi. O‘zbekiston aholisi 1941-1943-yillarda mudofaa fondiga 475 million rubldan ortiq mablag‘ni, 22 million rubllik qimmatbaho shaxsiy buyumlarini ixtiyoriy ravishda topshirgani g‘alabani yaqinlashtirishga yana bir muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Xalqimiz yuksak odamiylik fazilatini namoyon etib, urush hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 million 500 mingga yaqin insonga boshpana berdi. Ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolalarga mehr-oqibat ko‘rsatib, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rdi. Aziz vatandoshlar! Azim poytaxtimiz Toshkent shahrida xalqimiz jasoratining timsoli sifatida bunyod qilingan muhtasham “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi qisqa vaqt ichida qutlug‘ qadamjoga aylandi. Shu kungacha bu yerga 2 million 200 ming nafardan ziyod ziyoratchi tashrif buyurib, uni katta qiziqish va e’tibor bilan tomosha qilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Majmua jamoasi tomonidan ellikka yaqin kitob-albom va monografiyalar, noyob hujjatlar to‘plamlari yaratilib, hozirga qadar noma’lum bo‘lgan yuzlab tarixiy faktlar aniqlanib, jamoatchilikka yetkazildi. “Bobomni izlayman” loyihasi doirasida urushda ishtirok etgan 2 million nafarga yaqin vatandoshlarimiz ro‘yxati shakllantirildi. Yurtdoshlarimizdan kelib tushgan 300 dan ziyod murojaatlar bo‘yicha urushda bedarak ketgan 200 nafar jangchining taqdiriga oid muhim ma’lumotlar to‘plandi. Muhtaram do‘stlar! Bugungi bayram munosabati bilan jonajon O‘zbekistonimizda xotira marosimlari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari” o‘tkazilmoqda. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari ishtirokida urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a’zolariga tabrik va sovg‘alar topshirishga bag‘ishlangan marosimlar tantanali vaziyatda o‘tkazilmoqda. Muhtaram urush faxriylari xalqimizning doimiy e’tibori va e’zozida bo‘lib kelmoqdalar. Jumladan, yolg‘iz yashayotgan urush va mehnat faxriylari, istiqlolimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning uy-joylari ta’mirlanib, obod qilinmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga patronaj xizmati va zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra sanatoriylarda davolanmoqda. Hech shubhasiz, biz bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz, ular uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, farzandlarimizni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni asrashdek o‘ta muhim vazifalarni bajarishda qahramon faxriylarimizning jasorati, shonli an’analari biz uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Biz ulardan ruh va kuch olib, Vatan himoyachilari, tinchlik posbonlari, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lishdek yuksak burchimizni albatta sharaf bilan ado etamiz. Aziz va muhtaram yurtdoshlar! Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘sin!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

9 - may — Xotira va qadrlash kuni
Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yo‘lida kurashgan ota-bobolarimiz, ayovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir.

Vodiy bo'ylab sayohat tashkil qilindi
Joriy yilning 3-5-may kunlari Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining ishchi-xodimlari va ekspeditsiyada ko‘p yillar mehnat qilib hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan xodimlari ichki turizm asosida Andijon – Farg‘ona – Namangan yo‘nalishlari bo‘ylab sayohatni amalga oshirishdi. Sayohat davomida bir qancha tarixiy obidalar, ziyoratgoh va diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
3-may kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raislik qilgan tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti  Odil Reno-Basso, “Masdar”, “Indorama”, “ACWA Power”, “Air Products”, “Çalik”, “Suez”, “Orascom”, “Çengiz”, “Aksa”, “HP“, “Linde”, “Procter&Gamble”, “Visa”, “CAMCE”, “John Deere”, “Huawei”, “Airbus”, “Orano”, “Sommerzbank”, “Total”, “PASHA Holding” kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi vakillari ishtirok etdi. Kengashning asosiy vazifalari mamlakatimiz investitsiyaviy, savdo-texnologik va innovatsiyaviy rivojlanishining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba va xalqaro amaliyotdan kelib chiqib maslahat berish hamda O‘zbekiston hukumati va xorijiy investorlar o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlashdan iborat. 2022-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyada ushbu mexanizmning samarali faoliyat yuritishi uchun poydevor yaratilgan edi. Bu galgi majlisni ochar ekan, davlatimiz rahbari kuni kecha o‘tgan uchinchi Toshkent investitsiya forumining samarali natijalarini qayd etdi hamda kengash a’zolariga Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.  Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib, energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik tizimda inqirozlar o‘tkir tus olayotgani ta’kidlandi. – Bunday murakkab sharoitda sizlar bilan bamaslahat, o‘zaro kengashib, aniq amaliy qadamlar tashlasak, ko‘zlagan yuksak marralarimizga albatta erishamiz, – dedi Prezident. Mamlakatimizda qulay investitsiya va biznes muhitini takomillashtirishga qaratilgan investitsiyalar va maxsus erkin zonalar to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ishlab chiqishga hissa qo‘shgan ishchi guruhi faoliyati alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti jamoasi tomonidan boshlanayotgan investitsiya siyosati tahlili juda muhimligi, ushbu loyiha mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash borasida asosiy yo‘nalishlarni belgilab olishga va samarali mexanizmlarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Hukumat hamda investorlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kaliti ekanini qayd etib, davlatimiz rahbari muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi hamda kengashning kelgusi faoliyati ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Birinchidan, kapital bozorini rivojlantirish. Bu yo‘nalishda xorijiy investorlarning talablariga to‘la javob beradigan xalqaro moliya markazini rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni keng jalb etishga e’tibor qaratish taklif qilindi. Ikkinchidan, mas’uliyatli biznes yuritish. Bu borada iqtisodiyot barqarorligi, shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tegishli tamoyillarini keng joriy etish dolzarb vazifadir. Uchinchidan, muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish. Bunda startap, innovatsion loyihalar, birgalikdagi sarmoyalarni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Venchur investitsiyalar to‘g‘risida”gi yangi qonun ishlab chiqiladi. To‘rtinchidan, investorlar bilan ishlash tizimini raqamlashtirish. - Xorijiy investorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi barcha xizmatlarni amalga oshirish uchun mukammal elektron platformani ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Bu investorlarni qiynayotgan kompleks muammolarni o‘z vaqtida va tizimli hal etishga imkon beradi, - dedi Prezident. Kengash a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi orqali O‘zbekiston jadal o‘sish sur’atlarini namoyish etishda davom etishi, xalqimiz turmush darajasini oshirishi va yurtimiz farovon kelajagini ta’minlashiga ishonch bildirildi. So‘zga chiqqanlar Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar dasturini yuqori baholadilar. Davlatimiz rahbariga investitsiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga qat’iy intilishi uchun minnatdorlik bildirdi. Majlis yakunida Prezidentimiz ishtirokchilar tomonidan bildirilgan barcha tashabbus va tavsiyalar to‘liq inobatga olinishini ta’kidladi. Hukumatga barcha takliflarni batafsil ko‘rib chiqish va ularning amalga oshirilishini nazoratga olish topshirildi. Kiritilgan har bir taklif, aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga ko‘rsatma berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi
Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardimki, yildan-yilga yaxshi an’anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit’alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlarimiz jam bo‘lmoqda. O‘tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg‘or g‘oya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi. Bugungi tadbirimizga 93 ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi. Hurmatli forum qatnashchilari! Bugungi anjumanimiz global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanish yo‘lida xavf va tahdidlar kuchayib borayotgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Dunyo tartibotida chuqur transformatsiya jarayonlari kechmoqda. Tovar va xizmatlarni yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar, xalqaro savdoning pasayishi, investitsiya oqimlarining kamayishi, iqlim ofatlarining kuchayishi – vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda. Jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari so‘nggi uch yil davomida pasaymoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti. 2023-yilda rivojlanayotgan davlatlarga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmi 9 foizga kamaydi. Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz. Biroq bir o‘zgarmas haqiqat tobora oydinlashmoqda. Hech bir mamlakat bu kabi o‘tkir muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. O‘zaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bo‘lib qolaveradi. Hurmatli xonimlar va janoblar! Biz mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, bu yo‘ldagi to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun qat’iy qadamlar tashladik. Aynan shu bois har bir sarmoyador o‘zini erkin va ishonchli his qilishi uchun keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirayapmiz. Sizlar yaxshi bilasiz, bundan yetti yil muqaddam biz uchun oson bo‘lmagan, lekin katta marralarni ko‘zlagan tizimli islohotlarni boshlagan edik. Biz iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirishni asosiy maqsadimiz etib belgiladik. So‘nggi yillarda iqtisodiyotimiz qariyb ikki barobar o‘sdi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha bu o‘sish 6 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya 9 foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari muttasil oshmoqda. Valyuta bozori va oltin-valyuta zaxiralari barqarorligi saqlab qolinmoqda. Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi. O‘tgan yilning o‘zida xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobar ko‘paydi. Shu o‘rinda energetika sohasida “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren”, “Voltalia”, “Ҫalɩk” va “Aksa”; kimyo sanoatida “Air Products”, “Indorama” va “Kamse”, tog‘-kon va metallurgiyada – “Orano” va “DANIELI”, avtomobilsozlik va elektrotexnika yo‘nalishlarida “BYD”, “Kia” va “Samsung”, qurilish sohasida “Koҫ” va “KNAUF” kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300 dan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari ishga tushirilgani va yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratilganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. Bugungi forum doirasida dunyoning ilg‘or kompaniyalari hisoblangan “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA holding” va boshqa sheriklarimiz ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beramiz. Fursatdan foydalanib, bu ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan xorijiy investorlarga, barcha hamkorlarimizga o‘zimning chuqur va samimiy minnatdorligimni izhor etaman. Biz tadbirkorlik va biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qator aniq choralarni ishlab chiqqanmiz. Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi. Yaqinda Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik. 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko‘chmas mulk obyektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirildi. Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Energetika yo‘nalishidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasini ijtimoiy va boshqa infratuzilma sohalarida ham keng tatbiq etishni rejalashtirganmiz. Xususan, Xitoyning “Sitik” va “Kamse” kompaniyalari bilan irrigatsiya va avtomobil yo‘llari, Fransiyaning “Suez” va “Veolia” kompaniyalari bilan ichimlik suvi ta’minoti, “Inter Health” va “Pure Health” arab kompaniyalari bilan zamonaviy tibbiyot muassasalarini qurish loyihalari ishlab chiqilmoqda. Sanoat zonalari infratuzilmasini budjet mablag‘lari hisobidan rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratmoqdamiz. Tadbirkorlarga yer ajratishning zamonaviy shaffof tamoyillari – ya’ni, auksion savdo tizimi yo‘lga qo‘yildi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida qonunchilikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan 60 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilmoqda. O‘tgan yili Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tadbirlarni o‘tkazdik. Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq nufuzli hakamlar o‘rin olgan. Investorlar uchun yana bir muhim ko‘rsatkich. Oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oshdi, oliy o‘quv yurtlari soni 200 tadan ortdi. O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi. Hurmatli forum ishtirokchilari! Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir. Davlatimiz bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishni, halol raqobat uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi ta’minlanishini o‘z zimmasiga olmoqda. Biz bu tamoyillarni o‘tgan yili umumxalq referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiyamizda qat’iy muhrlab qo‘ydik. Sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida bugun sizlarga qator aniq takliflarni bildirmoqchiman. Birinchidan, yangi tahrirdagi “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilamiz. Ushbu hujjat Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab chiqildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga bu boradagi yaqin hamkorligi uchun alohida minnatdorlik izhor etmoqchiman. Ikkinchidan, tez orada mamlakatimizda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Ushbu sud O‘zbekiston sud-huquq tizimida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Buning uchun yaqin muddatlarda maxsus qonunni qabul qilamiz. Protsessual kodekslarga ushbu xalqaro tijorat sudi qarorlari to‘laqonli ijro etilishiga oid me’yorlarni ham kiritamiz. Uchinchidan, yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlarni joriy etamiz. Yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Sanoat zonalarini boshqarishda xususiy operatorlar, jumladan, yuqori malakali xorijiy kompaniyalarni faol jalb qilish amaliyoti kengaytiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo‘yicha cheklovlar ham bekor qilinadi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha, ya’ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi. Bu masalalarning barchasini ertaga Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida batafsil muhokama qilamiz. Hurmatli anjuman ishtirokchilari! Tizimli islohotlarni davom ettirish, kuchli va farovon davlat qurish maqsadida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qabul qildik. Bu muhim hujjatda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini isloh qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha 100 ta aniq vazifa o‘z aksini topgan. 2030-yilga borib, aholi daromadlarini ikki barobar oshirish va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Iqtisodiyotda chuqur transformatsiya jarayonlarini, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratishni izchil davom ettiramiz. Shu o‘rinda o‘zaro manfaatli hamkorligimizni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Birinchi yo‘nalish: “yashil” energetika. Energetika tarmog‘i samaradorligini oshirish butun mintaqamiz uchun dolzarbdir. Bu borada mamlakatimizda 28 ta loyiha ustida ishlar davom ettirilmoqda. Biz 2030-yilgacha 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish va energetika balansida uning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. O‘tgan yilning o‘zida 1,4 gigavatt quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini strategik sheriklarimiz bo‘lgan “Masdar”, “Gezhouba”, “China Energy” kompaniyalari bilan ishga tushirdik. Shuningdek, “ACWA Power” bilan “yashil vodorod” ishlab chiqarish loyihasini ham boshlab yubordik. Eng e’tiborli jihati – ushbu muhim loyihalar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bugun forum doirasida siz, investorlarimiz uchun qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistondagi gidroelektr stansiyalarini birgalikda qurish loyihalari taqdimotini o‘tkazamiz. Ushbu yo‘nalishda barcha davlatlar yetakchi kompaniyalarini ochiq muloqot va amaliy hamkorlikka taklif etamiz. Ikkinchi yo‘nalish: bank-moliya sohasi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab xususiy banklar ochildi. Bozorimizga Yevropaning yetakchi banklari kirib keldi. Qator raqamli banklar o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki bilan boshqa yirik banklarimizning transformatsiyasi va xususiylashtirish jarayonlari faol olib borilmoqda. Moliyaviy resurslarga talabni qondirish uchun kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekistonda xalqaro moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda. Xorijiy sarmoyalar oqimi bir necha barobar ortishi, korporativ boshqaruv sifati oshishi, yangi yetakchi bank-moliya institutlari kirib kelishini kutib qolamiz. Uchinchi yo‘nalish: foydali qazilmalar. O‘zbekiston – mineral resurslar va muhim metallarning katta bazasiga ega mamlakatdir. Yurtimizda oltin, mis, volfram, kumush, uranning ulkan zaxiralari mavjud. Nodir va noyob minerallar qatorida litiy, magniy, molibden, germaniy, vanadiy va indiy kabi 30 dan ortiq metallarning zaxiralariga alohida e’tibor qaratishni istardim. O‘tgan oyda Yevropa Ittifoqi bilan o‘ta muhim xomashyo sohasida strategik hamkorlik o‘rnatildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya bilan ham shunday bitim ustida ish olib borayapmiz. Bu borada zamonaviy xalqaro tajriba asosida yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi. Shu o‘rinda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga bu ishdagi salmoqli hissasi uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif etamiz. To‘rtinchi yo‘nalish: mamlakatning IT transformatsiyasi. Bir yil ichida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti ikki barobar oshdi. Kelajakda bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. IT-park rezidentlari soni o‘n barobar ko‘payadi, kelgusida 100 ming yangi ishchi o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, uning bazasida xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi yaratilmoqda. Bu borada Saudiya Arabistonining “Data Volt” kompaniyasi bilan “yashil” energiya asosida ishlaydigan “Ma’lumotlar markazi”ni barpo etayapmiz. Bu mamlakatimizni raqamli iqtisodiyotga o‘tkazish va sun’iy intellekt asosida texnologiyalarni joriy etishga ulkan turtki bag‘ishlaydi, deb hisoblaymiz. Beshinchi yo‘nalish: transport infratuzilmasini rivojlantirish. Qulay va zamonaviy transport tizimlarini yaratish vazifasiga ustuvor e’tibor qaratayapmiz. Temir yo‘l sohasida tub islohotlar olib borilmoqda, tarmoqqa xususiy investorlarni jalb etish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Pullik avtomobil va tezyurar temir yo‘llarni qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Toshkent, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarini rivojlantirish va yangilarini qurish bo‘yicha salohiyatli xorijiy investorlar bilan hamkorlik loyihalari tayyorlanmoqda. Ma’lumki, biz xorijiy sheriklarimiz bilan birgalikda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston va O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘llarini qurish bo‘yicha dastlabki ishlarni boshladik. Ushbu strategik loyihalar mintaqadagi geoiqtisodiy vaziyatni butunlay o‘zgartirib, Markaziy Osiyoni Shimol va Janub, Sharq va G‘arb bilan bog‘laydigan global tranzit markaziga aylantiradi. Biz investorlarni va xalqaro tashkilotlarni bu yirik mintaqaviy loyihalarda qatnashishga, Buyuk Ipak yo‘lini zamonaviy asosda qayta tiklashga taklif qilamiz. Aziz do‘stlar! Yangi O‘zbekiston – beqiyos imkoniyatlarga ega, adolatli va jadal rivojlanayotgan dunyoviy mamlakatdir. Biz har kuni hayotga tatbiq etayotgan ulkan g‘oya va buyuk orzularimizning asosiy ilhom manbai – bu, eng avvalo, mehnatkash va olijanob xalqimizdir. Shuni alohida ta’kidlashni istar edimki, bugun bu yerda yig‘ilgan investorlar o‘zlarining eng ilg‘or texnologiya va tajribalari, yangi taklif va yondashuvlari bilan bizni faqat olg‘a yurishga undaydi. Sizlarga muhim bir fikrni yetkazmoqchiman: har bir tashabbus, har bir loyihangiz bo‘yicha davlatimiz, hukumatimiz a’zolari sizlarga yelkadosh bo‘lib, yoningizda turib, ularni to‘liq amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Shunday qilsak, sizlarga ma’qul bo‘ladi, deb o‘ylayman. Investitsiyalar – bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir. Hech shubhasiz, bugungi Xalqaro investitsiya forumi va sermahsul muzokaralar amaliy hamkorligimizni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqishiga ishonaman. Barchangizga anjumanimizda ishtirok etayotganingiz uchun yana bir bor tashakkur izhor etaman. E’tiboringiz uchun katta rahmat.

Geoburxizmat uchastkasidagi ta’mirlash va ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mas’ul xodimlari joriy yilning 2-may kuni Geoburxizmat uchastkasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganishdi. Unda uchastkada burg‘ilash texnikalarini ta’mirlash va burg‘ilash jarayonida foydalaniladigan asbob uskunlarning ishlab chiqarish jarayonini o‘rganib kerakli ish samaradorligini oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berishdi.

Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konida geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda
Tog ‘-kon sanoati va geologiya vazirligi topshirig‘iga asosan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni Nishbosh uchastkasida ko‘mir qatlamlarini o‘rganish maqsadida geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda. Ilgari olib borilgan geologiya qidiruv ishlarida ko‘mir qatlamidan kern olish miqdori 70-80% tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda esa yangi zamonaviy burg‘ilash qurilmalari va texnologiyalari yordamida tog‘ jinslaridan 90% dan ortiq kern olishga erishilmoqda. Kernlarning yuqori miqdorda olinishi geologik o‘rganishlarda ishonchli va  to‘liq ma’lumot olishga yordam beradi.  

Samarqandda ichki nazorat tadbirlari tashkil etildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Samarqand MGQE binosida Samarqand shahar IIB xodimi Akbar Norqulov ishtirokida Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 yillik ish-reja dasturi doirasida Ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Qaxromon Majidov tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, Samarqand MGQEning Shimoliy Nurota va Zarafshon dala ekspeditsiyalari xodimlari, jami 200 ga yaqin ishchi va muhandis xodimlar korrupsiyaga qarshi o‘qitildi. Targ‘ibot davrida tashkilot tomonidan ishga qabul qilish, shartnomalar tuzilishi, to‘lovlar amalga oshirilishi va yoqilg‘i moylash mahsulotlarining sarfi bo‘yicha monitoringlar o‘tkazildi. Ishchi xodimlarning korrupsiyaga qarshi bilimlarini bilish va Jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi menejment tizimining samaradorligini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi. Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo‘nalishida bo‘lib, sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, yurtimizda 32 turdagi shunday qazilma boyliklari bor. Shu bois 15-yanvar kuni o‘tgan taqdimotda davlatimiz rahbari bu yo‘nalishdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Bugungi yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar, reja va takliflar ko‘rib chiqildi. Bugun jahonda texnologik vaziyat tez o‘zgarayapti. Elektromobil, “yashil” energetika, elektrotexnika sanoatida kamyob metallarga talab tobora ortib bormoqda. Shuning uchun so‘nggi yillarda jahon bozorida molibden, tellur, selen, grafit narxlari keskin oshgan. Prezidentimiz bu sohadagi ulkan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi. Sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi hamda ularning turini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Hozirda yurtimizda 6 turdagi shunday mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga qo‘shimcha platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganes kabi minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish imkoniyati bor. Masalan, avvallari o‘zimizda bo‘lmagan kukun metallurgiyasida yiliga 300 million dollarlik, uskunalar va butlovchi qismlar yo‘nalishida 100 million dollarlik qiymat yaratish mumkin. Yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan muhim minerallar bo‘yicha erishilgan kelishuv bu borada katta bozor ochadi. Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamyob metallar bo‘yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish topshirildi. Bu yo‘nalishni ilm bilan rivojlantirish, shu maqsadda loyiha ofisi tashkil etib, yetakchi institut va ilmiy markazlarni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini ko‘paytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar oltin zaxirasini va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari haqida axborot berdi. Prezidentimiz kombinatda ishlab chiqarish tannarxini 10-15 foizga pasaytirish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar! Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Ushbu qutlug‘ kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolgan qahramon ota-bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilib, g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mard va olijanob yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom bajo keltiramiz. Jang maydonlaridan omon qaytib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, bugungi kunda ezgu duolari bilan hayotimizning fayzu farishtasi bo‘lib kelayotgan qadrli urush va mehnat faxriylariga cheksiz tashakkurimizni izhor etamiz. Ayni vaqtda mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish hamda o‘z xizmat burchini ado etish yo‘lida halok bo‘lgan jasur harbiylarimiz xotirasini minnatdorlik bilan esga olamiz. Qadrli do‘stlar! Bugun barcha shahar va qishloqlarimizda o‘tkazilayotgan tadbirlarda bu mudhish urush el-yurtimiz uchun qanday mislsiz talafot va musibatlar olib kelganini yana bir bor yodga olishimiz tabiiydir. O‘sha og‘ir yillarda frontga safarbar etilgan 1 million 950 mingdan ziyod o‘zbekistonlik jangchilardan 538 mingdan ko‘prog‘i halok bo‘lgani, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgani, 870 mingdan oshig‘i turli jarohatlar olgani, 60 ming nafardan ziyodi esa nogiron bo‘lib qaytgani bu g‘alaba biz uchun naqadar qimmatga tushganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ana shu qirg‘inbarot urush xalqimiz qalbida qoldirgan bitmas jarohatni, oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hamon unutib bo‘lmaydi. Urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani, ularning 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari uchala darajadagi “Slava” (“Shuhrat”) ordeniga sazovor bo‘lgani biz uchun, hech shubhasiz, buyuk g‘alabaning eng yorqin sahifalarini tashkil etadi. Metin irodali xalqimiz o‘sha tahlikali yillarda front ortida sabot va matonat bilan mehnat qildi. Sanoat korxonalarining faoliyati front ehtiyojlari uchun yo‘naltirildi. Urush alangasi ichida qolgan hududlardan mamlakatimizga 170 dan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirildi va qisqa muddatda ularning faoliyati qayta tiklandi. El-yurtimiz front uchun juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berdi. O‘zbekiston aholisi 1941-1943-yillarda mudofaa fondiga 475 million rubldan ortiq mablag‘ni, 22 million rubllik qimmatbaho shaxsiy buyumlarini ixtiyoriy ravishda topshirgani g‘alabani yaqinlashtirishga yana bir muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Xalqimiz yuksak odamiylik fazilatini namoyon etib, urush hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 million 500 mingga yaqin insonga boshpana berdi. Ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolalarga mehr-oqibat ko‘rsatib, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rdi. Aziz vatandoshlar! Azim poytaxtimiz Toshkent shahrida xalqimiz jasoratining timsoli sifatida bunyod qilingan muhtasham “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi qisqa vaqt ichida qutlug‘ qadamjoga aylandi. Shu kungacha bu yerga 2 million 200 ming nafardan ziyod ziyoratchi tashrif buyurib, uni katta qiziqish va e’tibor bilan tomosha qilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Majmua jamoasi tomonidan ellikka yaqin kitob-albom va monografiyalar, noyob hujjatlar to‘plamlari yaratilib, hozirga qadar noma’lum bo‘lgan yuzlab tarixiy faktlar aniqlanib, jamoatchilikka yetkazildi. “Bobomni izlayman” loyihasi doirasida urushda ishtirok etgan 2 million nafarga yaqin vatandoshlarimiz ro‘yxati shakllantirildi. Yurtdoshlarimizdan kelib tushgan 300 dan ziyod murojaatlar bo‘yicha urushda bedarak ketgan 200 nafar jangchining taqdiriga oid muhim ma’lumotlar to‘plandi. Muhtaram do‘stlar! Bugungi bayram munosabati bilan jonajon O‘zbekistonimizda xotira marosimlari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari” o‘tkazilmoqda. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari ishtirokida urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a’zolariga tabrik va sovg‘alar topshirishga bag‘ishlangan marosimlar tantanali vaziyatda o‘tkazilmoqda. Muhtaram urush faxriylari xalqimizning doimiy e’tibori va e’zozida bo‘lib kelmoqdalar. Jumladan, yolg‘iz yashayotgan urush va mehnat faxriylari, istiqlolimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning uy-joylari ta’mirlanib, obod qilinmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga patronaj xizmati va zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra sanatoriylarda davolanmoqda. Hech shubhasiz, biz bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz, ular uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, farzandlarimizni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni asrashdek o‘ta muhim vazifalarni bajarishda qahramon faxriylarimizning jasorati, shonli an’analari biz uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Biz ulardan ruh va kuch olib, Vatan himoyachilari, tinchlik posbonlari, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lishdek yuksak burchimizni albatta sharaf bilan ado etamiz. Aziz va muhtaram yurtdoshlar! Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘sin!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

9 - may — Xotira va qadrlash kuni
Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yo‘lida kurashgan ota-bobolarimiz, ayovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir.

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

Burg'ilash uskunalari
Ishchilar
Texnikalar
Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz