Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalarda mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha xodimlar o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.