1. Home
  2. Press center
  3. Announcement

Announcement

DIQQAT, TANLOV!
Analitik laboratoriyalar majmuasi quyidagi vakant lavozim uchun tanlov e’lon qiladi: Metrologiya bo‘yicha yetakchi muhandis (10-razryad) Asosiy vazifalar: O‘lchash asboblari (tarozi, termometr, manometr, laboratoriya uskunalari va boshqalar)ning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish; O‘lchash vositalarini qiyoslash (poverka) va kalibrlash ishlarini tashkil etish; O‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash; Metrologik hujjatlarni yuritish va hisobini olib borish; Korxonada metrologik nazorat va ta’minot ishlarini tashkil qilish; O‘lchash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish; Davlat standartlari hamda metrologiya sohasidagi me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash; Yangi o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini baholash; O‘lchash vositalarining qiyoslash muddatlarini nazorat qilish va o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilishini ta’minlash. Nomzodga qo‘yiladigan talablar: Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi; O‘z vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish; Mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish; Xavfsizlik texnikasi hamda mehnat muhofazasi talablarini bajarish; Jamoa bilan samarali ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; O‘z sohasiga oid bilim va malakaga ega bo‘lish; Ish joyidagi jihoz va mulklardan oqilona foydalanish; Rahbariyatning qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish; Xushmuomala va odob-axloq qoidalariga rioya qilish; Kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish. Shaxsiy sifatlar: Tizimli va tahliliy fikrlash; Mustaqil qaror qabul qilish; Mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik; Turli darajadagi rahbarlar bilan samarali ishlash; O‘zgarishlarga moslashuvchanlik. Ish tartibi: To‘liq ish kuni; Haftasiga 5 kun; Ish vaqti: 09:00–18:00. 📅 Hujjatlar 2026-yil 22-iyundan 26-iyungacha qabul qilinadi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998 93 955-45-59  

12

Diqqat, e’lon!
Tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.Ish joyi: Samarqand analitik laboratoriyalar majmuasi. Eritish pechlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga 4 nafar fuqarolar joriy yilning 31- dekabriga qadar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga taklif qilinadi. Asosiy xizmat vazifalari: Jamiyatga tegishli laboratoriya bo‘linmalarida 1100 °C gacha haroratda ishlovchi eritish pechlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish; Nosoz boshqaruv bloklarini diagnostika qilish, ta’mirlash va soz holatga keltirish; Elektr va avtomatika elementlaridagi nosozliklarni aniqlash, tiklash yoki almashtirish; Kontaktor, rele, yoqish transformatori, harorat regulyatori hamda ulanish zanjirlarini sinovdan o‘tkazish; Pnevmatik eshik mexanizmlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash; Xavfsizlik bloklari va himoya tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash; Elektr, pnevmatik va issiqlik izolyatsiyasi tizimlarini belgilangan me’yorlarga muvofiq holatga keltirish; Uskunalarning ishlab chiqaruvchi talablariga muvofiq ishlashini nazorat qilish; Zarur hollarda eskirgan yoki ishdan chiqqan qismlarni tozalash yoki almashtirish; Olovbardosh materiallar (g‘isht, kaowool, keramik qoplama va boshqalar)ni yangilash; Pechning ichki kamerasi, eshiklari va tutun yo‘llarini texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash. Ariza topshirish tartibi: Hujjatlar qabul qilish muddati: 5 (besh) ish kuni. Bog‘lanish uchun telefon: +998 93 612 30 89.

207

Diqqat, e’lon!
KPI va xodimlarni baholash bo‘yicha ekspert (maslahatchi) “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kompaniya haqida “O‘zbekgeologorazvedka” AJ — geologiya-qidiruv ishlarining to‘liq siklini amalga oshiruvchi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Hozirda kompaniya samaradorlikni oshirish, shaffoflikni ta’minlash va zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli transformatsiya bosqichida. Vakansiya haqida Biz KPI va xodimlarni baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ekspert (maslahatchi) lavozimiga tanlov e’lon qilamiz. Ushbu lavozim quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etishni nazarda tutadi:• KPI tizimini shakllantirish va joriy etish;• xodimlarni baholash tizimini ishlab chiqish;• boshqaruv va biznes jarayonlarni takomillashtirish. Ish shakli: fuqaroviy-huquqiy shartnoma (GPH)Ish muddati: 3 oy Asosiy vazifalar 1. KPI tizimi • bo‘linmalar va lavozimlar bo‘yicha KPI xaritalarini ishlab chiqish va takomillashtirish;• KPI joriy etish jarayonida metodologik qo‘llab-quvvatlash;• ko‘rsatkichlar, ma’lumot manbalari va hisob-kitob mantiqini tekshirish. 2. Pilot joriy etish • KPI tizimini tanlangan bo‘linmalarda pilot tarzda joriy etish;• birinchi baholash davrini kuzatish va tahlil qilish;• tizimni kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 3. Avtomatlashtirish • KPI hisob-kitoblari uchun Excel modeli ishlab chiqish;• ma’lumotlarni yig‘ish va konsolidatsiya qilish tizimini yaratish;• avtomatlashtirish uchun talablarni shakllantirish (1C, BI va boshqalar). 4. Xodimlarni baholash tizimi • profilash doirasida baholash qoidalarini ishlab chiqish;• natijadorlik, malaka va kompetensiyalar o‘rtasida vaznlarni belgilash;• dalillovchi hujjatlar talablarini ishlab chiqish;• yagona baholash shakli, yo‘riqnoma va namunalarni tayyorlash. Nomzodga qo‘yiladigan talablar Majburiy talablar: • oliy ma’lumot (HR, menejment, iqtisod, moliya yoki IT);• KPI yoki baholash tizimlarida kamida 3 yil tajriba;• quyidagi yo‘nalishlarda tajriba:– KPI tizimlarini ishlab chiqish;– biznes jarayonlarni tahlil qilish;– xodimlarni baholash;• Excel (modellash, formulalar) bo‘yicha yuqori daraja;• tahliliy fikrlash va hisobot tayyorlash ko‘nikmalari. Qo‘shimcha ustunliklar: • 1C, Power BI yoki boshqa analitik tizimlar bilan ishlash tajribasi;• yirik kompaniya yoki ishlab chiqarish sohasida ishlaganlik;• transformatsiya yoki avtomatlashtirish loyihalarida ishtirok etganlik;• loyiha boshqaruvi ko‘nikmalari. Shaxsiy sifatlar • tizimli va tahliliy fikrlash;• mustaqil qaror qabul qilish;• mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik;• turli darajadagi rahbarlar bilan ishlash;• o‘zgarishlarga moslashuvchanlik. Shartlar • yirik transformatsiya loyihasida ishtirok etish imkoniyati;• raqobatbardosh to‘lov (tanlov natijalariga ko‘ra);• boshqaruv tizimiga bevosita ta’sir qilish imkoniyati;• xizmat safarlariga jalb etilishi mumkin. Nega bu lavozim muhim Bu oddiy HR yoki analitik lavozim emas, balki:• KPI tizimi;• baholash mexanizmi;• boshqaruv qarorlari sifatikabi muhim yo‘nalishlarga bevosita ta’sir qiluvchi strategik rol hisoblanadi. Tanlovda ishtirok etish Quyidagilarni yuborish so‘raladi:• CV (rezyume);• amalga oshirilgan loyihalar haqida qisqacha ma’lumot. 📧 Email: info@uzgeo.uz📅 Ariza topshirish muddati: 10.05.2026.  

173

Useful links