- Home
- Press center
- Announcement
DIQQAT, TANLOV!
13
Analitik laboratoriyalar majmuasi quyidagi vakant lavozim uchun tanlov e’lon qiladi:
Metrologiya bo‘yicha yetakchi muhandis (10-razryad)
Asosiy vazifalar:
- O‘lchash asboblari (tarozi, termometr, manometr, laboratoriya uskunalari va boshqalar)ning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
- O‘lchash vositalarini qiyoslash (poverka) va kalibrlash ishlarini tashkil etish;
- O‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash;
- Metrologik hujjatlarni yuritish va hisobini olib borish;
- Korxonada metrologik nazorat va ta’minot ishlarini tashkil qilish;
- O‘lchash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- Davlat standartlari hamda metrologiya sohasidagi me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;
- Yangi o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini baholash;
- O‘lchash vositalarining qiyoslash muddatlarini nazorat qilish va o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilishini ta’minlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;
- O‘z vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish;
- Mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish;
- Xavfsizlik texnikasi hamda mehnat muhofazasi talablarini bajarish;
- Jamoa bilan samarali ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- O‘z sohasiga oid bilim va malakaga ega bo‘lish;
- Ish joyidagi jihoz va mulklardan oqilona foydalanish;
- Rahbariyatning qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish;
- Xushmuomala va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
- Kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish.
Shaxsiy sifatlar:
- Tizimli va tahliliy fikrlash;
- Mustaqil qaror qabul qilish;
- Mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik;
- Turli darajadagi rahbarlar bilan samarali ishlash;
- O‘zgarishlarga moslashuvchanlik.
Ish tartibi:
- To‘liq ish kuni;
- Haftasiga 5 kun;
- Ish vaqti: 09:00–18:00.
📅 Hujjatlar 2026-yil 22-iyundan 26-iyungacha qabul qilinadi.
📞 Murojaat uchun telefon: +998 93 955-45-59
