1. Home
  2. Press center
  3. News

Yoshlar kuni: Toshkent markaziy ekspeditsiyasida ochiq muloqot o‘tkazildi

16

Joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda haftaning har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi ta’kidlandi. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida mahalla yoshlari va rahbariyat o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligi, kasb-hunar o‘rganish, amaliyot va bo‘sh ish o‘rinlari masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Share in social media

Useful links