1. Home
  2. Press center
  3. News

Yangi geologik loyihada geologiya qidiruv ishlari boshlandi

58

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi tomonidan Qizilolmasoy ma’danli maydonining Uchbuloq uchastkasida geologik qidiruv ishlari boshlandi. Mazkur hududda dastlab geologiya izlash marshrutlari tashkil etilib, maydonning geologik tuzilishi, minerallashuv belgilari hamda istiqbolli zonalarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. Barcha jarayonlar zamonaviy yondashuvlar asosida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi bilan shartnoma asosida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, yer usti geofizik tadqiqotlar, xususan magnit qidiruv usuli orqali ishlar bajarilmoqda. Ushbu usul yer osti geologik tuzilmalarini o‘rganish va ma’danlashgan zonalarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Loyiha doirasida olingan natijalar hududning mineral-xom ashyo salohiyatini yanada chuqur o‘rganish va yangi istiqbolli konlarni aniqlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Share in social media

Useful links