1. Home
  2. Press center
  3. News

“UZGEO TABLE TENNIS CLUB” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

8

Joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida yangi sport loyihasi – “UZGEO TABLE TENNIS CLUB” o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur tashabbus aholining, ayniqsa Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda stol tennisi sport turini yanada ommalashtirishga qaratilgan.

Klub faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu yo‘nalishda muhim amaliy qadam bo‘ldi. Tantanali ochilish marosimida federatsiya vakillari, jamiyat rahbariyati, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantirish, ayniqsa tashkilotlar kesimida sport infratuzilmasini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Yangi tashkil etilgan klub zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda muntazam mashg‘ulotlar, ichki birinchiliklar va turli darajadagi musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, istiqbolda iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni professional bosqichga yo‘naltirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ochilish doirasida o‘tkazilgan bellashuvlar ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi va tayyorgarlik darajasi yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi.

“UZGEO TABLE TENNIS CLUB” faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi jamoalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, sport madaniyatini rivojlantirish hamda stol tennisining ommaviyligini oshirishga xizmat qiladi.
Kelajakda aynan shu yerda yangi iste’dodlar kashf etilishi hamda yurtimiz bayrog'ini dunyoga tanitishda xizmat qilishlariga ishonch bildirib qolamiz!

Share in social media

Useful links